• 13 марта 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

“Qishloq qurilish invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati injiniring kompaniyasi Farg‘ona viloyati filiali direktori Isaqov Xojiqo‘zijon Qosimjonovich Farg‘ona viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ushbu tayinlov Farg‘ona viloyati hokimligida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari hamda boshqarma-tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda e’lon qilindi.

Xojiqo‘zijon Isaqov Qo‘shtepa tumanida 1985 yilda tug‘ilgan. 2009 yilda Farg‘ona politexnika institutini, 2013 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

“Do‘stlik” ordeni sohibi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati.

Mehnat faoliyati davomida Marg‘ilon shahridagi "426-xo‘jaliklararo ixtisoslashgan ko‘chma mexanizatsiyalashgan kolonna" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbarining o‘rinbosari, 2013 yildan MCHJ rahbari, 2021 yildan buyon “Qishloq qurilish invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati injiniring kompaniyasi  Farg‘ona viloyati filiali direktori lavozimlarida ishlagan.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан