• 29 июня 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

Elektrni o‘chirganlik uchun tarmoq javobgarligini kuchaytirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda elektr tarmoqlarini o‘chirib qo‘yganlik uchun jarima solish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 29-iyun kuni moliyaviy, konsalting, yuridik, IT va aloqa sohasidagi tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda so‘z yuritildi.

IT-kompaniya vakili elektr energiyasining tez-tez uzilishidan shikoyat qilib, “IT elektr borida boshlanib, elektr tugaganda tugaydi”, deb ta’kidladi. U majburiyatlarni buzganlik uchun elektr tarmoqlarining javobgarligini kuchaytirishni taklif qildi.

“Yoz boshlanishi bilan kuniga 3−4 soatga „svet“ o‘chadi. Tariflar oshirilganiga qaramay, elektr tarmoqlarining iste’molchilar oldida javobgarligi yo‘q. Buni ham qandaydir to‘g‘rilab berilsa yaxshi bo‘lardi. Sababi xorijiy hamkorlarimiz oldida javobgarligimiz bor”, — dedi tadbirkor.

O‘z navbatida, biznes-ombudsman Dilmurod Qosimov IT-sohasi vakilining taklifiga qo‘shilgan holda elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar muammosi iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun ham dolzarb ekanligini ta’kidladi.

“Biz hozir elektr tarmoqlarining ogohlantirishsiz elektr energiyasini o‘chirib qo‘yish holatlari bo‘yicha ularning javobgarligini [kuchaytirish] taklifini ishlab chiqyapmiz”, — dedi biznes-ombudsman.

Qosimov har kuni uzilishlar sodir bo‘lishini qo‘shimcha qildi va buni energiya tizimidagi nosozliklar bilan izohlab, “buning uchun hech kim kafolat bera olmaydi”, deya qayd etdi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан