Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida elektr tarmoqlari korxonasi xodimi qo‘lga olindi.
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, xodim B.A. fermer xo‘jaligi rahbari O‘.T. bilan oldindan til biriktirib, fermer xo‘jaligining omborxonasidagi 2 dona qo‘lbola yog‘ ishlab chiqarish uskunasini elektr tarmog‘iga noqonuniy ulagan.
Buning oqibatida 1 milliard 50 million so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘irlik yo‘li bilan talon-toroj qilingan.
Mazkur holat yuzasidan B.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi (Juda ko‘p miqdorda o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan.