• 05 января 2026 в 22:30
  • 0
  • 0

Elektr energetikasi tizimida texnologik buzilishlarni tekshirish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (850-son, 31.12.2025 y.) bilan “Elektr energetikasi tizimida texnologik buzilishlarni tekshirish va hisobga olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, elektr energetikasi tizimi ishlashining quyidagi texnologik buzilishlari majburiy ravishda tekshirilishi va hisobga olinishi shart:

- elektr qurilmalarining ekspluatatsiya davrida, shuningdek, rejali taʼmirlash, profilaktika ko‘rigi va sinovlar jarayonida aniqlangan shikastlanish holatlari;

- elektr qurilmalari va ularning elementlarini ishdan chiqargan, texnik (texnologik) holat parametrlarining ruxsat etilmagan darajada chetga chiqishi;

- isteʼmolchilarga elektr energiyasini qisman yoki to‘liq rejalashtirilmagan holda yetkazib berishning to‘xtatilishi.

Texnologik buzilish holatlari xususiyati va oqibatining og‘irligiga qarab, avariyalar, I va II darajadagi ishdan chiqishlarga bo‘linadi.

Texnologik buzilishlarning tekshiruvi ular aniqlangan zahoti boshlanib, 10 kun ichida yakunlanishi lozim.

Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, saqlovchi, uzatuvchi va taqsimlovchi korxonada hamda unga tegishli elektr tarmoqlarida sodir bo‘lgan barcha texnologik buzilishlar ushbu elektr energetikasi obyekti tomonidan hisobga olinadi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан