• 18 июня 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

Ehtiyojmand oilalardagi qancha xotin-qizga OTMga kirish uchun tavsiyanoma berilgani ochiqlandi

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga OTMlarga kirishga tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlangan edi. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining ma’lum qilishicha, 36 ming 853 nafar talabgor xotin-qizdan tavsiyanoma olish uchun arizalar onlayn qabul qilingan.

8-10-iyun kunlari tuman (shahar) ishchi guruhlari tomonidan arizalar Nizom talablari asosida ko‘rib chiqilib, xulosalar berilgan. Shuningdek, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari tomonidan talabgor xotin-qizlarga tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida buyruqlar rasmiylashtirilgan.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar ko‘rib chiqilib, talabgorlarga tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida qo‘mita raisining 14-iyundagi 81-sonli buyrug‘i qabul qilingan. Unga ko‘ra respublika bo‘yicha jami 18 ming 481 nafar (50,1 foiz) xotin-qizlarga tavsiyanoma berildi, 18 ming 372 nafar (49,9 foiz) talabgorga tavsiyanoma berish rad etilgan.

Shundan eng ko‘p tavsiyanoma Farg‘ona (2 120ta), Samarqand (2 014 ta), Qashqadaryo (1 848 ta), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (1 623 ta), Andijon (1 592 ta) viloyatlarida berilgan. Tuman (shahar)lar kesimida eng ko‘p — Qo‘shrabot (270 ta), Quva (262 ta), Rishton(259 ta), Urgut (255 ta) Pop (239 ta), Amudaryo(236 ta), Qamashi (213 ta), G‘uzor (213 ta), Jalaquduq (212 ta), Sherobod (212 ta) tumanlarida.

Berilgan tavsiyanomalar “Xotin-qizlar.uz” elektron platformasida mavjud. Platforma maʼlumotlari Maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markaziga ko‘chirilgani bois, integratsiya jarayonlarida tegishli IP manzillarda o‘zgarish yuzaga kelgan. Hozirda mazkur texnik masalalar bartaraf etilganidan so‘ng, berilgan tavsiyanomalar Bilim va malakalarni baholash agentligining tegishli platformasiga integratsiya qilinadi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Садыр Жапаров принял председателя Национального банка Швейцарии
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бишкеке прошел открытый форум «Образование, меняющее эпоху»
      вчера в 19:10   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев встретился с Президентом Туркменистана Сердаром Бердымухамедовым
      вчера в 17:40   Кыргызстан
    Садыр Жапаров сделал заявление для СМИ по итогам переговоров с Председателем Совета Министров Того Фором Эсcозимной Гнассингбе
      вчера в 18:25   Кыргызстан
    В селе Панфиловское открыли отреставрированный памятник Ивану Панфилову
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Какую позицию займёт официальный Казахстан после варварского удара Украины по спящим детям в Старобельске?
      вчера в 19:58   Казахстан
    Таджикистан и Азербайджан создают совместный деловой совет
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda $3 mlrdlik 20 ta yangi loyihani ko‘rib chiqmoqda
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Termizda 217 tup daraxt noqonuniy kesilishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi
      вчера в 22:30   Узбекистан
    Баходур Шерализода в Нью-Йорке и Вашингтоне встретился с партнёрами по развитию и международными институтами климатического сотрудничества
      вчера в 22:20   Таджикистан