• 30 января 2026 в 22:30
  • 0
  • 0

DXX: Namanganda hokim yordamchisi, Toshkent viloyatida esa “Yagona buyurtmachi xizmati” direktori o‘rinbosari va Ekologiya bo‘limi boshlig‘i ushlandi

Toshkent viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” davlat muassasasi direktori o‘rinbosari o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali shartnoma qiymati 2 mlrd 73 mln so‘m bo‘lgan obyektni kapital taʼmirlash bo‘yicha g‘olib bo‘lgan pudratchi tashkilot hisob raqamiga bo‘nak sifatida 1,1 mlrd. so‘m mablag‘ o‘tkazib berganligi evaziga muqaddam MCHJ rahbaridan tamagirlik yo‘li bilan 2 ming AQSH dollari oladi.

Shuningdek, u jinoiy harakatini takroran davom ettirib, pudratchi tashkilot tomonidan qurilish ishlari belgilangan muddatlarda bajarilmaganligi sababli, undan 643 mln 530 ming so‘m penya undirish bo‘yicha Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritilgan daʼvo arizasidan voz kechish orqali MCHJ foydasiga ajrim chiqartirib bergani evaziga 5 ming AQSH dollarini pora tariqasida olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Hozirda ushbu mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Toshkent viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining tumanlardan biridagi bo‘limi boshlig‘i 1990 y.t. fuqaro tomonidan o‘zi istiqomat qiluvchi uyning ko‘cha qismida qurilish ishlarini amalga oshirish maqsadida ko‘p yillik daraxtlarni kesib tashlashi uchun ruxsat berish evaziga 3 ming AQSH dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur rahbar xodimga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Namangan viloyatida kuzatilgan holatda esa Pop tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan biridagi hokim yordamchisi davlat zaxirasidagi 90 sotix yer maydonini tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan shaxsga kelgusida to‘yxona qurishi uchun olib berish va tegishli hujjatlarini tayyorlatib berish evaziga 2025 yilda 4500 AQSH dollari oladi.

Ammo, muqaddam sudlangan hokim yordamchisi vaʼda qilingan ishni bitira olmagach, 4500 AQSH dollari hisobidan 1 mln 200 ming so‘mni qaytarib bergan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Department xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a, v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Адылбек Касымалиев встретился с Председателем Комитета по авиационной безопасности Европейского союза
      вчера в 15:10   Кыргызстан
    В Чункурчаке прошел чемпионат Бишкека по спортивному туризму
      24 марта 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Праздник Навруза торжественно отметили в Гиссаре с участием гостей из Республики Узбекистан
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    Yangi Toshkentdagi zamonaviy futbol stadioni qurilishi jadal davom etmoqda
      24 марта 2026 в 23:05   Узбекистан
    Праздник Навруз в древности начинался с соревнований по стрельбе из лука
      23 марта 2026 в 23:00   Таджикистан
    Юношеская сборная Таджикистана (U-17) сыграла товарищеские матчи с командой Китая
      вчера в 23:00   Таджикистан
    В Бишкеке торжественно открылись Дельфийские игры
      вчера в 13:55   Таджикистан
    В Республике Корея торжественно отметили Навруз
      24 марта 2026 в 13:55   Таджикистан
    В Бишкеке прошла рабочая встреча между представителями ЦКР ГШ ВС КР и НЦУО РФ
      24 марта 2026 в 12:55   Кыргызстан
    Садыр Жапаров принял председателя совета директоров и генерального директора швейцарской компании SICPA SA
      сегодня в 12:55   Кыргызстан