• 17 января 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

Deputatlar Ekologiya vazirini havo ifloslanishi bo‘yicha hisob berish uchun parlamentga chaqirtirishga qaror qildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 17-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekistonda, jumladan, Toshkent shahrida atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida axborot olish uchun ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimovni parlamentga taklif etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi raisi, Ekologiya partiyasi fraksiyasi rahbari Xayrullo G‘afforov so‘nggi paytlarda poytaxtdagi havoning ifloslanishi muhokama mavzusiga aylanganini ta’kidladi.

U "O‘zgidromet" ma’lumotlariga tayanib, Toshkent shahrida yanvar oyida havodagi mayda PM2,5 zarrachalarining miqdori o‘rtacha 45 mkg/m3 ni tashkil etgani, bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalaridan (5 mkg/m3) bir necha baravar yuqori ekanini ma’lum qildi. Shuningdek, u Toshkent shahri dunyoda havo ifloslanishi darajasi bo‘yicha yuqori o‘rinni egallab turganini eslatdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2019-yilda "Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida"gi qonun qabul qilinishiga qaramay, vaziyat og‘irlashmoqda. Shu bois hisob berishi uchun ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimovni parlamentga chaqirish haqida qaror qabul qilindi.

G‘afforovning ta’kidlashicha, Qonunchilik palatasi hisobotni tinglashdan tashqari, prezidentga hukumat a’zolarini iste’foga chiqarishning maqsadga muvofiqligi, shaxslarni javobgarlikka tortish va hukumat a’zolarini iste’foga chiqarish bo‘yicha ham taklif berishga haqli.

Uning qayd qilishicha, tinglovni "ko‘rgazma uchun" o‘tkazish rejalashtirilmagan. Shuningdek, fraksiyaning kengaytirilgan yig‘ilishida olimlarning fikr-mulohazalari tinglanib, muammoni joyida o‘rganadigan ishchi guruh ham tuzilgan.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Праздник Навруза торжественно отметили в Гиссаре с участием гостей из Республики Узбекистан
      26 марта 2026 в 13:55   Таджикистан
    Представители сферы культуры Таджикистана и Узбекистана награждены орденами «Дусти» и «Дустлик»
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Комплекс «Калъаи Худжанд» является центром представления истории и культуры таджикского народа
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    КОННЫЕ СКАЧКИ. Эта национальная игра входит в число традиций Навруза
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Канатбек Чыныбаев провёл встречу с послом Франц
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    В Худжанде состоялся региональный этап соревнований «Национальные игры»
      26 марта 2026 в 23:00   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял председателя совета директоров и генерального директора швейцарской компании SICPA SA
      26 марта 2026 в 12:55   Кыргызстан
    Эрлист Акунбеков встретился с посолм Казахстана
      26 марта 2026 в 13:40   Кыргызстан
    Открылась Совместная промышленная выставка Республики Таджикистан в Республике Узбекистан
      26 марта 2026 в 21:50   Таджикистан
    Сотрудники милиции проходят обучение по линии Интерпола
      26 марта 2026 в 22:00   Таджикистан