• 16 сентября 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

Buxoroda tamagir hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

Buxoro viloyati Peshku tumanida yashovchi tadbirkor mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisining noqonuniy xatti-harakatlari haqida joriy yilning 10-sentyabr kuni ariza bilan murojaat qiladi.

Unga ko‘ra, hokim yordamchisi o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, hokimiyat zaxirasidagi 7 sotix yer maydonini "K-savdo" avtomatlashtirilgan axborot tizimiga joylashtirib, onlayn auksion savdolari orqali sotib olib berish evaziga fuqarodan 6 ming AQSH dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda hokim yordamchisi tamagirlik yo‘li bilan 6000 AQSH dollari miqdoridagi "pora"ni uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан