• 01 декабря 2023 в 22:30
  • 0
  • 0

“Bu mamlakatda inson huquqlari bilan bog‘liq holatga putur yetkazadi” – IIO xodimlari tasvirlarini tarqatganlik uchun javobgarlikka oid norma haqida

Avvalroq, deputatlar IIO xodimini videoga olib tarqatganlarni 15 sutkagacha qamoq bilan jazolashni nazarda tutuvchi qonunni qabul qilgani haqida xabar bergan edik.

Jamoatchilik tomonidan ushbu normaning kiritilishi bugungi ochiqlik siyosatiga zid kelishi hamda mamlakatda inson huquqlari bilan bog‘liq holatga putur yetkazishi mumkinligi ta'kidlanmoqda.

“Yuksalish” harakati mazkur e'tirozlarni quyidagi sabablarga ko‘ra asosli deb hisoblaydi.

Birinchidan, qonunchilikdagi har bir o‘zgarish, ayniqsa, demokratiyaning asosiy belgilari bo‘lmish inson huquqlari va davlat organlarining ochiqligi va shaffofligiga oid siyosatga jiddiy ta'sir ko‘rsatuvchi yangi qoidani kiritish ma'lum bir asoslarga ega bo‘lish kerak. Ya'ni bugungi kunda huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning xodimlarini internet tarmog‘ida asossiz obro‘sizlantirish va haqoratlash holatlari juda ko‘payib ketdimi? Agar ko‘paygan bo‘lsa aniq raqamlar qancha? Sababi nimada va bu kabi holatlar tizimning sog‘lom ishlashi uchun nechog‘lik jiddiy ta'sir ko‘rsatmoqda? Albatta, bu savollarga javob berilishi lozim.

Ikkinchidan, ushbu normani asoslash uchun fuqarolik kodeksining 99-moddasi va “Shaxsga doir ma'lumotlar to‘g‘risida”gi Qonunning 4 va 28-moddalari asos sifatida keltirilgan. Ma'lumot uchun: Ya'ni ushbu moddalarga ko‘ra, shaxsning hayoti va sog‘lig‘i, sha'ni va qadr-qimmati, shaxsiy daxlsizligi, ishchanlik obro‘si, shaxsiy hayotining daxlsizligi, xususiy va oilaviy siri, nomga bo‘lgan huquqi, tasvirga bo‘lgan huquqi, mualliflik huquqi, boshqa shaxsiy nomulkiy huquqlar hamda tug‘ilganidan boshlab yoki qonunga muvofiq fuqaroga tegishli bo‘lgan boshqa nomoddiy ne'matlar tortib olinmaydi va o‘zga usul bilan boshqa shaxsga berilmaydi. (99-modda) 

Shu bilan birga, subyektning roziligisiz yoki boshqa qonuniy asos mavjud bo‘lmagani holda shaxsga doir ma'lumotlarni oshkor etish va tarqatishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan. Muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikasiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot shaxsga doir ma'lumotlar hisoblanadi. (4-modda)

Biroq, bu boradagi huquqbuzarliklar uchun, allaqachon, qonunchilikda ta'sir choralari belgilangan. Ya'ni, shaxsni haqorat qilganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik bor, bundan tashqari,  Ma'muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 2022-moddasiga ko‘ra, shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikasiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish,

— bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikasiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish,

— bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.Shunday ekan, huquq tartibot organlari xodimlariga qaratilgan alohida norma nima uchun kerak? Bugun davlat boshqaruvida inson huquq va manfaatlari markaziy o‘ringa qo‘yilmoqda. Mazkur g‘oya yangilangan Konstitusiyaning bosh mezoni sifatida “inson-jamiyat-davlat” tamoyili ko‘rinishida aks etgan. Buning teskari bo‘lishi mumkin emas.

Uchinchidan, mazkur normani tatbiq etishda Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Fransiya va Belarus kabi mamlakatlar tajribasi o‘rganilgan. Ammo, ushbu mamlakatlarda bu kabi normalar aynan qanday holatlar uchun qo‘llanilishi, ulardagi ijtimoiy-siyosiy muammolarning xarakterini chuqur tahlil qilish taqozo etiladi.

Sanab o‘tilgan va boshqa rivojlangan demokratik mamlakatlarda haqiqatan bu kabi cheklovlar bor, ammo ushbu mamlakatlarda har bir fuqaroning nizoli holatlarda polisiya xodimining bodi-kamerasidagi yozuvlarni olish huquqi kafolatlangan.

To‘rtinchidan, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi” to‘g‘risidagi Qonunga ko‘ra,  oshkoralik va shaffoflik hamda davlat idoralari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni izlash, olish va tarqatish erkinligi davlat organlari faoliyati ochiqligining asosiy prinsiplari sifatida belgilab qo‘yilgan.

Yangi norma bilan kiritilayotgan yangi javobgarlikning belgilanishi huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xizmati bilan bog‘liq faoliyatini tasvirga olish mumkin emas degan qoidani keltirib chiqarmasligi lozim.

Beshinchidan, aksincha, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlarining nojo‘ya harakatlari aks etgan tasvirlar Internetda tarqalgan hollarda, rahbarlar o‘z e'tiborini tizimni takomillashtirib borishga qaratishi kerak. Bu huquqni muhofaza qiluvchi idoralar faoliyatining xalqchilligi va professionalligini oshirishga xizmat qiladi.

“Yuksalish” umummilliy harakati qonunning yo‘l harakati xavfsizligi, ayniqsa piyodalar xavfsizligini ta'minlash uchun kiritilayotgan o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Shu bilan birgalikda, qonun Oliy Majlis Senati tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bu bosqichda senatorlar jamoatchilikda yuzaga kelgan savollar va e'tirozlarga jiddiy e'tibor qaratishi lozim deb hisoblaymiz", - deyiladi xabarda. 


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Садыр Жапаров принял председателя Национального банка Швейцарии
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бишкеке прошел открытый форум «Образование, меняющее эпоху»
      вчера в 19:10   Кыргызстан
    Садыр Жапаров сделал заявление для СМИ по итогам переговоров с Председателем Совета Министров Того Фором Эсcозимной Гнассингбе
      вчера в 18:25   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев встретился с Президентом Туркменистана Сердаром Бердымухамедовым
      вчера в 17:40   Кыргызстан
    В селе Панфиловское открыли отреставрированный памятник Ивану Панфилову
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Какую позицию займёт официальный Казахстан после варварского удара Украины по спящим детям в Старобельске?
      вчера в 19:58   Казахстан
    Таджикистан и Азербайджан создают совместный деловой совет
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda $3 mlrdlik 20 ta yangi loyihani ko‘rib chiqmoqda
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Termizda 217 tup daraxt noqonuniy kesilishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi
      вчера в 22:30   Узбекистан
    Баходур Шерализода в Нью-Йорке и Вашингтоне встретился с партнёрами по развитию и международными институтами климатического сотрудничества
      вчера в 22:20   Таджикистан