• 29 сентября 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

Bo’zsuvdagi holat yuzasidan 1,5 mlrd so’mlik kompensatsiya to‘lovi belgilandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Bo‘zsuv kanaliga kanalizatsiya suvlari oqizilayotganligi haqidagi xabarlar  tarqaldi. Holat yuzasidan tegishli tekshiruv o‘tkazildi.

Oqova suvlarning chiqish joylaridan olingan laboratoriya tahlil natijalariga ko‘ra, “Bo‘zsuv aeratsiya inshooti”ning birinchi sonli tashlamasida muallaq moddalar cheklangan miqdordan 23,7 marta, ammoniy ioni 101,9 marta, azot nitrit 3,5 marta, sulfatlar 2,3 marta, fosfatlar 1,3 marta, BPK 19,6 marta, neft mahsulotlari 2,52 marta, mis 4,16 marta, temir 12,4 marta yuqori ekanligi aniqlangan.

Shuningdek, obyektning uchinchi sonli tashlamasida muallaq moddalar belgilangan miqdordan 22,1 marta, ammoniy ioni 19,9 marta, azot nitrit 8,5 marta, sulfatlar 2,8 marta, fosfatlar 1,3 marta, BPK 17 marta, neft mahsulotlari 1,78 marta, mis 3,3 marta, temir 3,6 marta yuqori ekanligi ma'lum bo‘ldi.

Dastlabki tekshiruv davomida atrof-muhitni ifloslantirganlik hamda oqova oqizganlik oqibatida 1 mlrd 511 mln 966 ming 450 so‘m qo‘shimcha kompensatsiya to‘lovi hisoblandi.

Holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan JKning 205- va 207-moddalari bilan  “Toshkent suv ta’minoti” AJga nisbatan jinoyat ishi qo’zgatilgan. Ayni damda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан