• 15 сентября 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

Boysundagi konda zaharli gaz chiqishi to‘xtatildi

Bugun, 15 sentabr kuni soat 16:50 da «M-25» konining 604-sonli qudug‘ida so‘ndirish jarayoni tugatildi. Bu haqda Kun.uz’ga Eriell kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

«Sentyabr oyi boshida vodorod sulfid gazi sizib chiqqan «Mustaqillik-25» konida ayni damda 604-sonli quduqni so‘ndirish jarayoni o‘z nihoyasiga yetdi.

Shu maqsadda sizib chiqishga qarshi uskunaning qo‘shimcha bloki qurildi va o‘rnatildi. So‘ndirish uchun quduq og‘zini tayyorlash va bog‘lash jarayoni o‘tkazildi. Quduq germetiklandi va so‘ndirildi.

Hodisa oqibatlarini rejali bartaraf etish jarayoni maxsus tashkil etilgan shtab nazorati ostida amalga oshirildi. Vaziyatni professional baholash maqsadida voqea joyiga O‘zbekiston, shuningdek, Rossiya va AQSh ekspertlarining tashrifi tashkil etildi.

Ta’kidlash joizki, hodisa oqibatlarni bartaraf etish davomida aholi uchun hech qanday xavf bo‘lmagan», deyiladi xabarda.

Barcha zarur chora-tadbirlar Ochiq neft va gaz favvoralarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston harbiylashtirilgan qismi, O‘zbekiston Respublikasi FVV va «Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Ishlar barcha zarur texnika va uskunalar bilan to‘liq ta’minlangan holda olib borilgani qayd etilgan.

«Hodisa boshidan barcha zarur choralar ko‘rilgan. Xususan, atrofda joylashgan aholi punktlarida havo muhitini o‘lchash va monitoring qilish uchun maxsus postlar o‘rnatildi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, atmosferada zararli moddalarning ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyasidan oshib ketish holatlari kuzatilmayapti.

Shuningdek, burg‘ilash qurilmasining ishchi maydonini tozalash ishlari amalga oshirildi va yakunlandi, tayanch maydon maxsus texnika va uskunalarni to‘liq o‘rnatish va foydalanish uchun tayyorlandi.

Shuni qo‘shimcha qilamizki, «Mustaqillik-25» konini o‘zlashtirish alohida murakkabligi bilan ajralib turadi, bu yerda xalqaro tajribadan foydalaniladi va kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ko‘riladi, shu jumladan xodimlarga doimiy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatiladi. Uglevodorodni qazib olish tobora murakkablashib bormoqda, bu esa doimiy ravishda yangi tajriba va ko‘nikmalarni talab qiladi», deyilgan xabarda.

1 sentabr kuni Surxondaryoning Boysun tumani «Ko‘lqamish» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan «Mustaqillikning 25 yilligi» koniga qarashli 604-son quduqda burg‘ilash ishlarini olib borish vaqtida texnologik jarayonning buzilishi natijasida oltingugurt (vodorod sulfid) gazi chiqishi boshlangan edi.

2 sentabrga o‘tar kechasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi quduq yaqinidagi aholi evakuatsiya qilingani, vaziyat to‘liq nazoratga olingani, vahimaga o‘rin yo‘qligi haqida bayonot berdi. Shuningdek, prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan voqea joyiga bir guruh mas’ullar, xususan, bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov yetib bordi.

Keyingi kunlar davomida rasmiylar tomonidan kon va quduqdagi vaziyat bo‘yicha biror axborot berilmadi. Gaz sizib chiqishini to‘xtatish uchun esa ikki haftadan ortiqroq vaqt ketdi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Садыр Жапаров принял председателя Национального банка Швейцарии
      сегодня в 20:55   Кыргызстан
    В Бишкеке прошел открытый форум «Образование, меняющее эпоху»
      сегодня в 19:10   Кыргызстан
    Садыр Жапаров сделал заявление для СМИ по итогам переговоров с Председателем Совета Министров Того Фором Эсcозимной Гнассингбе
      сегодня в 18:25   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев встретился с Президентом Туркменистана Сердаром Бердымухамедовым
      сегодня в 17:40   Кыргызстан
    В селе Панфиловское открыли отреставрированный памятник Ивану Панфилову
      сегодня в 20:10   Кыргызстан
    Какую позицию займёт официальный Казахстан после варварского удара Украины по спящим детям в Старобельске?
      сегодня в 19:58   Казахстан
    Таджикистан и Азербайджан создают совместный деловой совет
      сегодня в 21:50   Таджикистан
    Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda $3 mlrdlik 20 ta yangi loyihani ko‘rib chiqmoqda
      сегодня в 22:10   Узбекистан
    Баходур Шерализода в Нью-Йорке и Вашингтоне встретился с партнёрами по развитию и международными институтами климатического сотрудничества
      сегодня в 22:20   Таджикистан
    Termizda 217 tup daraxt noqonuniy kesilishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi
      сегодня в 22:30   Узбекистан