• 03 февраля 2026 в 22:30
  • 0
  • 0

Bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash va to‘lash tartibi belgilandi

Hukumat qarori (35-son, 29.01.2026 y.) bilan “Ijtimoiy reyestrni yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Qaror bilan “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Ariza beruvchi bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlashni so‘rab davlat xizmatlari markazi yoki ijtimoiy xodim orqali murojaat qiladi.

Shuningdek, “YAMIH” AT, YAIDXP yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali mustaqil ravishda ham ariza berish mumkin.

Bunda har bir oila tomonidan bolalar nafaqasi va moddiy yordam uchun murojaat qilish 1 oyda 1 marta amalga oshiriladi.

Oyning 16-sanasiga qadar taqdim etilgan arizalar murojaat qilingan oyda, 16-sanada va undan keyin taqdim etilgan murojaatlar keyingi oyda ko‘rib chiqiladi.

Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam uni tayinlashni rad etish uchun asoslar aniqlanmaganda ariza ko‘rib chiqilgan oydan keyingi oydan “Yagona reyestr” ATda avtomatik tarzda tayinlanadi va to‘lanadi.

Nafaqa va moddiy yordam “davlat taʼminotidagi oila” va “kambag‘al oila” toifasidagi oilalarga ular mazkur toifadan chiqquniga qadar, “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasidagi oilalarga ular mazkur toifaga o‘tkazilgan (kiritilgan) oydan keyingi 6 oy uchun tayinlanadi.

Bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdori qonunchilik bilan belgilanadi. Bunda:

- “davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambag‘al oila” toifasidan chiqarilgan holda “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga o‘tkazilgan oilaga qo‘shimcha ariza talab etmagan holda, oila aʼzolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining:

- 1 baravaridan – 1,25 baravarigacha bo‘lganda qonunchilikda belgilangan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam miqdorining 75 foizi miqdorida;

- 1,25 baravaridan – 1,5 baravarigacha bo‘lganda qonunchilikda belgilangan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam miqdorining 50 foizi miqdorida tayinlanadi va to‘lanadi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      сегодня в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      сегодня в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      сегодня в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      сегодня в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      сегодня в 22:10   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      сегодня в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      сегодня в 22:20   Таджикистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      сегодня в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      сегодня в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      сегодня в 23:05   Узбекистан