• 04 февраля 2026 в 22:30
  • 0
  • 0

Banklar va to‘lov tashkilotlari tizimlariga kiberhujum bo‘lmagan — Markaziy bank

3-fevral kuni O‘zbekiston fuqarolarining maʼlumotlari bir nechta resurslar, jumladan, darknetdagi saytlarda tarqalgani va ularga oid havolalar haqidagi xabarlar e‘lon qilindi.

Markaziy bank holat bo‘yicha izoh berdi.

Taʼkidlanishicha, hozirda tijorat banklari, to‘lov tashkilotlari hamda to‘lov tizimi operatorlarining axborot tizimlariga nisbatan bunday kiberhujum sodir etilishi qayd etilmagan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolardan nomaʼlum va shubhali manbalarda tarqatilayotgan havolalarga kirmaslik so‘ralmoqda.

Shuningdek, bank karta rekvizitlari, SMS-kodlar va parollar kabi shaxsiy maʼlumotlarni hech kimga bermaslik lozim. Axborotga faqat rasmiy manbalar orqali eʼlon qilingan maʼlumotlar asosida ishonish tavsiya etiladi.

Shubhali holatlarga duch kelinganda esa tegishli vakolatli organlarga murojaat qilish kerak.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан