• 02 октября 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

Ayrim iste’molchilarga elektr to‘lovlari uchun tarif guruhini tanlashga ruxsat beriladi

“O‘zenergoinspeksiya” hukumat bo‘ysunuviga o‘tishi munosabati bilan ayrim qarorlarga o‘zgartirish va qo‘shinchalar kiritish, ba’zilarini esa o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qilindi.

Hujjat bilan, joriy yilning 1-oktabridan boshlab bir qator iste’molchilarga o‘z ixtiyori bilan soliq va boshqa imtiyozlarni saqlab qolgan holda elektr energiyasi uchun to‘lovlarni II yoki III tarif guruhlarida amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Bu quyidagilar uchun amal qiladi:

oilaviy korxonalar;hunarmandlar;diniy tashkilotlar;yotoqxonalar;uy-joy mulkdorlari shirkati;ko‘p kvartirali uyni boshqaruvchi tashkilotlar.

Bunda iste’molchilar hisobot oyi boshlanguniga qadar elektr ta’minoti korxonasiga murojaat qilishlari kerak bo‘ladi.

Yoqilg‘i-energetika resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq qoidabuzarliklar bo‘yicha undirilgan zarar summasi taqsimoti o‘zgardi.

“O‘zenergoinspeksiya"ning maxsus maqsadli hisobvarag‘iga kelib tushgan qismidan 20%i holatni aniqlashda tashabbus ko‘rsatgan organga, 10%i esa Bosh prokuraturaning rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

Bu 1-oktabrgacha aniqlangan noqonuniy holatlarga hamda hukumat huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi bayoni bilan tasdiqlanadigan taqsimot proporsiyasiga muvofiq tushadigan mablag‘larga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Yoqilg‘i-energetika resurslarini iqtisod qilish rejalari bajarilishini ta’minlagan hamda huquqbuzarlikka qarshi kurashishni samarali tashkil etgan prokuratura organlari xodimlari rag‘batlantiriladi.

Bunda ularga Bosh prokuraturaning rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan har oyda ish haqining 50% miqdorida mablag‘ beriladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан