• 19 января 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

Andijonlik er-xotin goʻdak farzandini oʻldirib, koʻmishda gumonlanib Rossiyada hibsga olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda 1 yashar go‘dakni ayol shafqatsizlarcha urayotgani, yana bir lavhada esa ana shu bolani ayol bilan erkak yerga ko‘mayotgani tasvirlangan video tarqaldi.

Bolalar ombudsmani mazkur videodagi holatni tegishli protsessual tartibda o‘rganishi uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qildi. 

Tegishli idoralarning tezkor hamkorligida holat o‘rganilib, videotasvirdagi ma’lumot asosida ayolning shaxsi identifikatsiya qilindi. 

Aniqlanishicha, bu shaxs Andijon viloyati Jalaquduq tumanida yashovchi 1995-yilda tug‘ilgan A.G. bo‘lib, hozirgi paytda u (2016-yildan beri) Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk shahrida turmush o‘rtog‘i B.I. bilan yashab keladi. Shuningdek, videotasvirdagi go‘dak A.G. va B.I.ning 2019-yilda tug‘ilgan farzandi R.X. ekanligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tegishli so‘roviga asosan Bosh konsulxona hamda Novosibirsk oblasti IIV xodimlari bilan o‘zaro tezkor ma’lumotlar almashinishi natijasida, 19-yanvar kuni B.I va A.G. lar Berdyansk shahrida qo’lga olinib, protsessual tartibda hibsga olindilar.

Rossiya Federatsiyasi Tergov Qo‘mitasining Novosibirsk shahri (Oktabrskiy rayoni) tergov boshqarmasi tomonidan A.G. va B.I. ga nisbatan RF JK 117-moddasi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur jinoyat ishi yurituvi doirasida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan voyaga yetmagan R.X. manfaatlarini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Rossiya Federatsiyasi tergov qo’mitasi bilan huquqiy hamkorlik choralarini davom ettirmoqda. Bu borada qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi.

Mazkur holat bo‘yicha Bolalar ombudsmani o‘z kuzatuvini davom ettiradi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Завтра откроется 14-я Международная выставка «Книга Душанбе»
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    FIDE ilk bor o'tkazayotgan U7–U17 Jahon chempionatida 13 nafar o'zbekistonlik yoshlar ham qatnashmoqda
      сегодня в 17:50   Узбекистан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял Председателя Милли Меджлиса Азербайджана
      сегодня в 13:40   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан