• 08 декабря 2023 в 22:30
  • 0
  • 0

Andijonda tadbirga yupun kiyimdagi o‘quvchilar jalb qilindi

Andijon viloyatining Bo‘ston tumanidagi tadbirda yupun kiyimdagi o‘quvchilar qatnashgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bo‘ston tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bunga munosabat bildirdi.

Unda aytilishicha, videoda aks etgan holat 7-dekabr kuni Bo‘ston tumani "Mehnatobod" mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli yangi ko‘cha ochilish marosimidagi tadbirdan olingan. Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda tuman hokimligi madaniy tadbir dasturidan bexabar bo‘lgani sababli ushbu dasturga bolalar raqsi kiritilgan.

"Ushbu vaziyatda bolalar tashqarida 5 daqiqa bo‘lganiga qaramay ularning salomatligi hamda xavfsizligini inobatga olib, mazkur salbiy holatga yo‘l qo‘ygan tegishli mutasaddilar aniqlanib, intizomiy chora ko‘rilishi rejalashtirilmoqda", - deyiladi munosabatda.

Shuningdek, maktab o‘quvchilari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari ta’limdan tashqari turli tadbirlarga jalb etilmasligi eslatib o‘tilgan.

"Xulosa o‘rnida maktab o‘quvchilari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari ta’limdan tashqari turli tadbirlarga jalb etilmasligini, ob-havo harorati keskin o‘zgargan vaqtlarda ularning salomatliklariga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan omillar mavjud ekanidan kelib chiqqan holda kelajak avlodimizga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishlari zarur ekanini ta’kidlab qolamiz", deyiladi xabarda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан