• 10 марта 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

Amudaryo tumanida 77,1 tonna qo‘lbola usulda tayyorlangan yog‘ mahsulotlarini savdoga chiqarilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Amudaryo tuman bo‘limi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro viloyati, Romitan tumanida davlat ro‘yxatidan o‘tgan “T.” MCHJ hamda Amudaryo tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi “A.” MCHJ mas’ul shaxslari o‘zaro til biriktirib, “A.” MCHJga tegishli noturar binoda yog‘ mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yashirin syex tashkil qilganliklari fosh etilgan.

Tadbir davomida, ushbu yashirin syexdan qo‘lbola usulda tayyorlangan 77,1 tonna 5 litr hajmdagi yelim idishlarga qadoqlangan iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsuloti, 19 460 dona xo‘jalik sovuni, 10 tn. paxta chigiti, 3 tn. kunjara, 32 ta rulon yorliqlar, 8 dona  moy-juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan jami 1,3 mlrd so‘mlik tovarlar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) va 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан