• 19 ноября 2023 в 22:30
  • 0
  • 0

“Adolat”chilar qonuniy asos bo‘lmaguncha Chilonzordagi uylarda “renovatsiya” o‘tkazishga qarshi chiqdi

“Adolat” partiyasi Chilonzor tumanidagi uy va do‘konlarda “renovatsiya” o‘tkazish haqidagi qaror loyihasiga munosabat bildirdi. Partiya “renovatsiya”ning mustahkam qonunchilik asoslari bo‘lmaguncha uning asosida Toshkent shahrida yangi qurilishlarni amalga oshirishga qarshi chiqdi.

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi “renovatsiyaning” mustahkam qonunchilik asoslari bo‘lmaguncha uning asosida Toshkent shahrida yangi qurilishlarni amalga oshirishga qarshi chiqdi.

Avvalroq Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Vazirlar Mahkamasining Chilonzor tumanini Xitoy tajribasi asosida, shu jumladan yangi yondashuvlar, innovatsion va “yashil texnologiyalar” hamda boshqaruvda zamonaviy usullarini qo‘llagan holda kambag‘allikdan chiqarish to‘g‘risidagi qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilgandi.

Loyihaga ko‘ra, Chilonzor tumani hududidan Do‘mbirobod, Kichik halqa yo‘li, Dilxush 2-tor ko‘chasi kesishmalari oralig‘ida (Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi yoki 16-shahar shifoxonasi qarshisida) joylashgan yo‘l bo‘yidagi aholi xonadonlari hamda xizmat ko‘rsatish obyektlarini egalari bilan kelishgan holda renovatsiya asosida ko‘p qavatli qilib qayta qurish va 1-qavatida yangi zamonaviy xizmat ko‘rsatish obyektlari tashkil etiladi.

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi faollari va ekspertlari tomonidan mazkur qaror loyihasi atroflicha o‘rganilib, tahlil etilganida unda rejalashtirilayotgan ayrim masalalar yuzasidan savollar yuzaga kelgan.

Ta’kidlanishicha, “renovatsiya”ning mustahkam huquqiy asosi, xususan, uni amalga oshirishning qat’iy talab va tartiblari, uy-joy mulkdorlari huquqlariga rioya etish kafolatlari bo‘lmasdan turib, bu borada loyihalarning amalga oshirilishi jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlariga putur yetkazishi mumkin.

Partiya mazkur qaror loyihasini renovatsiyaga oid qonunchilik asoslari mavjud emasligini hamda keng jamoatchilik, shu jumladan Chilonzor tumani aholisi bilan har tomonlama muhokama qilib, ularni fikrini inobatga olgan holda takomillashtirish maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Садыр Жапаров принял председателя Национального банка Швейцарии
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бишкеке прошел открытый форум «Образование, меняющее эпоху»
      вчера в 19:10   Кыргызстан
    Садыр Жапаров сделал заявление для СМИ по итогам переговоров с Председателем Совета Министров Того Фором Эсcозимной Гнассингбе
      вчера в 18:25   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев встретился с Президентом Туркменистана Сердаром Бердымухамедовым
      вчера в 17:40   Кыргызстан
    В селе Панфиловское открыли отреставрированный памятник Ивану Панфилову
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Какую позицию займёт официальный Казахстан после варварского удара Украины по спящим детям в Старобельске?
      вчера в 19:58   Казахстан
    Таджикистан и Азербайджан создают совместный деловой совет
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda $3 mlrdlik 20 ta yangi loyihani ko‘rib chiqmoqda
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Termizda 217 tup daraxt noqonuniy kesilishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi
      вчера в 22:30   Узбекистан
    Баходур Шерализода в Нью-Йорке и Вашингтоне встретился с партнёрами по развитию и международными институтами климатического сотрудничества
      вчера в 22:20   Таджикистан