• 07 апреля 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

7-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Shavkat Mirziyoyev: Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘yicha boshlangan muzokaralar jarayoni o‘zining ijobiy natijasini albatta beradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida o‘tayotgan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi yalpi majlisida ishtirok etib, nutq so'zladi.

Mart oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord daraja — qariyb $48 mlrdga yetdi

Joriy yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, regulyator zaxiralaridagi aktivlarning umumiy qiymati bir oyda $2,91 mlrdga yoki 6,47% ga oshdi. Natijada ko‘rsatkich joriy yilning fevral oyida o‘rnatilgan rekordni yangiladi.Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni Moskvaga boradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya poytaxti Moskvada bo‘lib o‘tadigan Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etadi.

Prezident sun’iy intellektdan foydalanish etikasi bo‘yicha namunaviy qonun ishlab chiqishni taklif qildi

Davlat rahbari parlamentlararo hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi.

Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida migratsiya sohasida uch tomonlama memorandum imzolandi

Imzolangan memorandumga ko'ra, nemis tomoni yurtimiz mutaxassislarini gastronomiya, oziq-ovqat logistikasi, logistika va go'sht mahsulotlarini qayta ishlash sanoati sohalarida Germaniya korxonalarida ishlashga tayyorlash uchun dual kasbiy ta'lim o'quv yurtlarida o'qish jarayonini yengillashtirish maqsadida til kurslari taklif etadi.

O‘zbekiston prezidenti arab mamlakatlari parlamentlari rahbarlarini qabul qildi

Uchrashuvda Arab parlamenti Raisi Muhammad bin Ahmad Al-Yamahiy, Bahrayn parlamenti Vakillar kengashi Spikeri Ahmad bin Salmon Al-Musallam, Misr Vakillar palatasi Spikeri Hanafiy Ali Al-Jabaliy, O‘mon Sho‘ro kengashi Raisi Xolid bin Hilol Al-Ma’avali, Qatar Sho‘ro kengashi Raisi Hasan bin Abdulloh Al-G‘anim va Birlashgan Arab Amirliklari Federal milliy kengashi qo‘mitasi raisi Ali Rashid Al-Nuaymiy ishtirok etdi.

Zaynilobiddin Nizomiddinov Bekobod tumani hokimi etib tayinlandi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashida Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi etib tasdiqlandi.

O'zbekistonda ikki yil ichida 3 mingga yaqin mikro GESlar quriladi

2025-2026 yillarda respublika bo‘ylab 3 mingga yaqin mikro gidroelektr stansiyalarini qurish rejalashtirilgan. Eng ko‘pi Andijon viloyatida (763 ta), eng kami poytaxtda quriladi. Natijada 280 ming aholi elektr energiyasi bilan taʼminlanadi. Shuningdek, 1,2 mingta vaqtinchalik, keyinchalik esa 520 ta doimiy ish o‘rni yaratiladi.

2025-yilning I choragida soliq tushumlari 48 trln so’mdan oshdi

Soliq organlari tomonidan 2025-yilning I choragida respublika bo‘yicha budjetga 48,2 trln so‘m tushumlar ta’minlandi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,6%ga ko‘p.

Jamoliddin Yakubov “O‘zbekenergota’mir” AJ bosh direktori etib tayinlandi

Jamoliddin Yakubov bunga qadar “Yangi-Angren IES” AJ bosh direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Продолжается кампания по благоустройству и озеленению территорий историко-культурных памятников
      19 января 2026 в 13:55   Таджикистан
    Укрепляется сотрудничество «Таджикфильма» с Национальным институтом аудиовизуала Франции
      20 января 2026 в 13:55   Таджикистан
    Aholini va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish ishlarining borishi koʻrib chiqildi
      19 января 2026 в 23:05   Узбекистан
    «ТАДЖИКИСТАН — РОДИНА ЛЮБИМАЯ МОЯ». Какие преимущества получат победители конкурса, помимо денежных призов?
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Воспитанники СДЮШОР СИ представляют Бишкек в Высшей лиге Чемпионата КР по волейболу
      вчера в 19:10   Кыргызстан
    ОшГУ и БГМУ планируют разработать программу двойного диплома
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло заседание оргкомитета по подготовке и проведению юбилейного Иссык-Кульского международного форума
      вчера в 16:55   Кыргызстан
    На предприятии «Бишкекский городской транспорт» прошло совещание по вопросам соблюдения водителями общественного транспорта ПДД
      20 января 2026 в 11:10   Кыргызстан
    Нурланбеку Тургунбек уулу присвоено звание «Почетный профессор» КНУ
      вчера в 09:40   Кыргызстан
    Sport sohasidagi ishlar sarhisobi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi
      20 января 2026 в 23:05   Узбекистан