• 06 ноября 2023 в 22:30
  • 0
  • 0

6-noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Buxoro viloyati Peshku tumanida 2-3 balli zilzila sodir bo'ldi

O'zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan bugun soat 03:57 da zilzila sodir bo'ldi. Episentr: Buxoro viloyati Peshku tumani.

8-9-noyabr kunlari Toshkentda Shavkat Mirziyoyev raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) o‘n oltinchi sammiti bo‘lib o‘tadi

Tadbirda Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiyaning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Italiya prezidenti Serjio Mattarella O‘zbekistonga keladi

Qayd etilishicha, 10-noyabr kuni Italiya prezidenti Toshkentga, 11-noyabr kuni esa Samarqandga borishi kutilmoqda.

Kobul O‘zbekiston prezidentining Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish haqidagi nutqini olqishladi

“Mintaqa Afg‘onistonga hozirgi barqarorlikda yordam berishi va hamkorlik qilishi kerak. Ikkinchidan, Afg‘oniston Islom Amirligi bilan mustahkam diplomatik aloqalarni tiklashi kerak”, — dedi Mujohid.

Orano O‘zbekistonda uran qazib chiqarishga 500 mln dollargacha investitsiya kiritadi

Kompaniya Navoiy viloyatidagi ikkita hududda geologiya-qidiruv ishlarini olib boradi.

Fransiyaning Lion shahridan Samarqand va Buxoroga to'g'ridan to'g'ri aviareyslar yo'lga qo'yilishi mumkin

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov O'zbekiston uchun Fransiya turistik bozori juda muhim ekanligini, shu asnoda Liondan Samarqand va Buxoro shaharlariga to'g'ridan to'g'ri aviareyslar yo'lga qo'yish bo'yicha muzokaralar bo'lib o'tayotganini ma'lum qildi.

Toshkent shahrida ommaviy pichoqbozlik sodir bo'lgani haqida xabarlar tarqaldi

Holat yuzasidan Bosh prokratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov "Uzeport.news" manbasiga ma'lumot berdi. Olingan dastlabki maʼlumotga ko‘ra, janjal o‘rtadagi qarz sababli kelib chiqqan.

“Tashabbusli budjet”da ovoz berishda fuqarolarni identifikatsiya qilish tartibini joriy etish taklif qilindi

Tashabbusli budjetlashtirish jarayonlarini yana-da takomillashtirish, joylarda kuzatilayotgan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida amaldagi tartibga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish orqali ovoz berishda fuqarolarni identifikatsiya qilish mexanizmini joriy etish taklif etilmoqda.

Toshkentda harakatlanib ketayotgan Matiz yonib ketdi

Joriy yilning 5 noyabr kuni soat 20:30 larda Mirobod tumani Nukus ko‘chasida 1984 yilda tug‘ilgan erkak boshqaruvidagi Matiz'da boshqarish vaqtida elektr simlarida qisqa tutashuv sodir bo‘lishi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan.

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

 “O‘zgidromet” aholini 8-9-noyabr kunlari kuchli yomg‘irlar yog‘ishi kutilayotgani sababli, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini xavfidan ogohlantirdi.

Rossiyada bir guruh o‘zbekistonliklar 2 oy davomida oyliksiz ishlatilgani aniqlandi

Rossiyaning Ural federal okrugida majburiy mehnatga jalb etilgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi.

O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron va Turkiya xalqaro multimodal yo‘lagi tashkil etiladi

Tomonlar raqobatbardosh tarif stavkalarini qo‘llash va mamlakatlar temir yo‘llarida yuk tashish uchun qulay sharoitlar yaratishni rejalashtirmoqda.

"Global jarayonlarga nisbatan pozitsiyamiz juda ham oʻxshash" – Vengriyaning O'zbekistondagi elchisi Jozef Rozsa

Vengriyaning O'zbekistondagi elchisi Jozef Rozsa "Uzreport" jurnalisti bilan suhbatda “Turkiy dunyoning oliy ordeni" mukofotini Shavkat Mirziyoyevga topshirilgani "juda muhim qaror" ekanligini aytib o'tdi. "Bizning fikrimizcha, global jarayonlarga nisbatan pozitsiyamiz ham juda o'xshash. Chunki ikki davlat ham urushlarni tugashini, Yevropa hamda Osiyoda, umuman butun dunyoda tinchlik bo'lishini xohlaydi", - dedi elchi.

O‘zbekistonda valuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish kiritiladi

"O‘zbekistonda valuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi Markaziy bank boshqaruvi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Samarqanddagi to’yda “hunar ko’rsatgan” kortej haydovchilari jazolandi

"Og'lim do'stining to'yiga mashina haydab chiqqan ekan. Shunda ozroq sho'xlik qilib mashinani noto'g'ri haydapti, hammadan uzur so'raymiz, tarbiyasiga mahkam turamiz. Ushbu holat qayta takrorlanmaydi",- deydi ulardan birining otasi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Кинопремия «Бриллиантовая бабочка» подчеркивает уникальные культурные особенности народов разных стран
      02 ноября 2025 в 13:55   Таджикистан
    Улан Ниязбеков встретился с послом Китая
      сегодня в 15:10   Кыргызстан
    Ayrim ma’muriy huquqbuzarlikni ko‘rib chiqish sudlardan Ijtimoiy inspeksiyaga o‘tkaziladi
      01 ноября 2025 в 23:05   Узбекистан
    В Кыргызстане задержана организатор финансовой пирамиды, действовавшей под брендом «SkyWay»
      вчера в 12:55   Кыргызстан
    Тынчтык Шайназаров встретился со Специальным координатором миссии ПА ОБСЕ
      вчера в 17:40   Кыргызстан
    В Кара-Суйском районе прошел футбольный матч ко дню работников печати
      сегодня в 11:10   Кыргызстан
    Областной фестиваль «Национальная одежда – символ цивилизации и национальной культуры»
      02 ноября 2025 в 22:50   Таджикистан
    Narkojinoyatlarga qarshi kurashish, kiberxavfsizlik va prokuror nazorati sohalaridagi ishlarning samaradorligi yanada oshiriladi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Адылбек Касымалиев поздравил работников сферы культуры с профессиональным праздником
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    Определился состав юношеской сборной Таджикистана (U-17) по футболу для участия в чемпионате мира-2025
      01 ноября 2025 в 23:00   Таджикистан