• 05 мая 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

5-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

O‘zbek-tojik chegarasi bo‘yicha bayonnoma imzolandi

O'zbekiston-Tojikiston qo'shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig'ilishida chegaralarni demarkatsiya qilish ishlari muhokama qilindi va O'zbekiston-Tojikiston chegarasining loyiha demarkatsiya chizig'i bo'yicha o'zaro kelishilgan takliflar tayyorlandi.

O'zbekistonda 3 oyda 127 ta avtobus ishlab chiqarilgan

2024-yil mart oyida esa 66 dona avtobus ishlab chiqarilgan edi.

OPEK O‘zbekistonda xususiy bog‘chalarni rivojlantirishga 20 mln dollar ajratadi

Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov hamda OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi prezidenti Abdulhamid al-Xalifa uzoq muddatli hamkorlikni muhokama qildi. O‘zbekistonda “Davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish maqsadida 20 million dollar miqdoridagi bitim imzolandi.

"Sen nega maymunga aylanyapsan?": Toshkentdagi yana bir bog‘chada tarbiyachi bolani urdi

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi bog‘chada bolaga kuch ishlatilgani aniqlandi. Tarbiyachi bolalardan birining tug‘ilgan kunini nishonlash jarayonini videoga olayotganida 5 yoshli bolaning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, bosh qismiga bir necha marotaba qo‘li bilan urgan.

Namangan viloyatida 3,7 magnitudali zilzila qayd etildi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, 14 kilometr chuqurlikdagi zilzila episentri Kosonsoy tumanida bo‘lgan.

Xitoydagi O‘zbekiston fuqarolari firibgarlik holatlaridan ehtiyot bo‘lishga chaqirildi

Vatandoshlar konsalting xizmatlarini ko‘rsatish niqobi ostidagi fuqarolarning chet elga o‘qishga va ishga jo‘natish bilan bog‘liq firibgarlik holatlaridan ehtiyot bo‘lishga chaqirildi.

Toshkent viloyatida qaynukasining turmush o‘rtog‘iga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak qamaldi

Erkak ayolga har xil nojo‘ya harakatlarni qilib, shahvoniy shilqimlik qilgan hamda holat yuzasidan yetib kelgan IIO xodimlarining huquqbuzarlikni to‘xtatish va shaxsini aniqlash maqsadida IIB binosiga borish kabi qonuniy talablarini bajarmasdan, ularga qarshilik ko‘rsatgan.

O'zbekistonda parrandalar soni bo‘yicha qaysi hudud yetakchiligi ma'lum qilindi

2024-yilning 1-aprel holatiga, O‘zbekistonda boqilayotgan jami parrandalar soni 96,7 milliontaga yetgan. Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,7 % ga ko‘p.

Quvvati 6 000 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyalari loyihalari bo‘yicha shartnomalar imzolandi

Saudiya Arabistonining “ACWA Power”kompaniyasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida umumiy qiymati 6,2 milliard dollar, umumiy quvvati 5 000 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi qurilishi megaloyihasi yuzasidan “Elektr energiyasini sotib olish bitimi” imzolandi.

Buxoro amirining Karmanadagi qarorgohi hali ham qarovsiz qolayotganiga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Karmana tumanidagi Mirzachorbog‘ saroyi madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa-da, hali ham qarovsiz qolayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat Madaniy meros agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Ректор ОшГУ принял участие на юбилейном мероприятии японского агентства JICA
      05 февраля 2026 в 11:10   Кыргызстан
    Жээнбек Кулубаев провел телефонный разговор с главой МИД Союза Коморских Островов
      вчера в 09:40   Кыргызстан
    Садыр Жапаров встретился со своей первой учительницей Кенешкан Шаменовой
      сегодня в 11:10   Кыргызстан
    Бакыт Торобаев ознакомился с рядом инфраструктурных объектов Иссык‑Кульской области
      вчера в 19:10   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidentiga oliy davlat mukofoti – “Nishoni Pokiston” ordeni topshirildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    В Бишкеке прошло заседание Экспертного совета по вопросам укрепления национального единства и религиозной политики
      04 февраля 2026 в 20:10   Кыргызстан
    Садыр Жапаров принял Спецпосланника США по делам Южной и Центральной Азии
      04 февраля 2026 в 17:40   Кыргызстан
    Состоялись первые консульские консультации между МИД Кыргызстана и Египта
      05 февраля 2026 в 09:40   Кыргызстан
    Maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
      04 февраля 2026 в 23:05   Узбекистан
    Эльдар Сулайманов встретился с Специальным представителем ЕС по ЦА
      вчера в 17:40   Кыргызстан