• 04 ноября 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

4-noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Tadbirkorlik faoliyatini YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tmasdan amalga oshirganlik uchun moliyaviy jarima bekor qilinadiPrezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

O‘zbekiston – World Boxing tashkiloti a’zosiga aylandiO‘zbekiston boks federatsiyasi Umar Kremlyov rahbarligidagi IBA’ni tark etib, World Boxing xalqaro boks tashkiloti a’zoligiga qabul qilindi.

“Layk” uchun otasini urishini aytgan blogerning harakatiga huquqiy baho beriladi – IIBBIjtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida bir yigitning 100 mingta "layk" uchun otasini urishini aytgani aks etgan video tarqaldi. Holatga huquqiy baho berish uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda.

Buxoroda ayol qizigan kapgirni qizining yuzi va tanasiga bosdi

Holat yuzasidan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston AQSh bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

O‘zbekiston AQSh bilan Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi. Bu haqda prezidentning JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov ma’lum qildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasida malaka oshirish davlat xizmatchilari uchun majburiy bo‘ladi

“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasida o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

O‘zbekiston 9 oyda 190 ta mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi

TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (18,7 %), Rossiya (18 %), Qozog‘iston (6,2 %), Turkiya (4,5 %) va Koreya Respublikasida (3,1 %) qayd etilgan.

Besh nafar o‘zbekistonlik bokchsi yoshlar o‘rtasida Jahon chempioni bo‘ldi

21-oktyabrdan 4-noyabrgacha Chernogoriya davlati Budva shahri, Yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati bahslariga mezbonlik qildi.

Poytaxtda 7-noyabrdan bosqichma-bosqich issiqlik bilan taʼminlash boshlanadi

Bunda 5-noyabr soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo'yiladi. Muvofiq ravishda, 7-noyabrdan boshlab issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich ta’minlash ishlari boshlanadi.

Toshkentdagi uchta AYOQShda sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Садыр Жапаров принял председателя Национального банка Швейцарии
      сегодня в 20:55   Кыргызстан
    В Бишкеке прошел открытый форум «Образование, меняющее эпоху»
      сегодня в 19:10   Кыргызстан
    Садыр Жапаров сделал заявление для СМИ по итогам переговоров с Председателем Совета Министров Того Фором Эсcозимной Гнассингбе
      сегодня в 18:25   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев встретился с Президентом Туркменистана Сердаром Бердымухамедовым
      сегодня в 17:40   Кыргызстан
    В селе Панфиловское открыли отреставрированный памятник Ивану Панфилову
      сегодня в 20:10   Кыргызстан
    Какую позицию займёт официальный Казахстан после варварского удара Украины по спящим детям в Старобельске?
      сегодня в 19:58   Казахстан
    Таджикистан и Азербайджан создают совместный деловой совет
      сегодня в 21:50   Таджикистан
    Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda $3 mlrdlik 20 ta yangi loyihani ko‘rib chiqmoqda
      сегодня в 22:10   Узбекистан
    Termizda 217 tup daraxt noqonuniy kesilishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi
      сегодня в 22:30   Узбекистан
    Баходур Шерализода в Нью-Йорке и Вашингтоне встретился с партнёрами по развитию и международными институтами климатического сотрудничества
      сегодня в 22:20   Таджикистан