• 31 января 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

31-yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Ayrim viloyat maktablariga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

2024-yil 1-sentabrdan boshlab, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida umumiy o‘rta ta’lim maktablariga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun autsorsing asosida bepul avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda.

“Tashabbusli budjet”da “bir fuqaro – bir ovoz” tizimi joriy etiladi

2024-yil 1-apreldan boshlab “Tashabbusli budjet” doirasidagi loyihalar tashabbuskorlar, mahalla raisi va faollarining ish sifati yuzasidan roziligi olinganidan keyingina foydalanishga qabul qilish tartibi joriy etiladi.

Ekologiya vaziri Toshkentning yashillik darajasi 34 foizdan 13 foizgacha tushgani haqidagi ma’lumotlarga izoh berdi

Shuningdek, Aziz Abduhakimov daraxtlarni ko‘chirish mexanizmi haqida gapirib, bu ko‘p hollarda aholi manfaatlariga ham qaratilgan bo‘lishini aytdi.

Har oyning bir ish kunida “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasi o‘tkazilishi kutilmoqda

Bunda binosi Toshkent shahrida joylashgan barcha respublika va hududiy ijro etuvchi organlarining rahbar va xodimlari jamoat transportida ish joyiga kelishi orqali aholiga namuna ko‘rsatib borishi keltirilgan.

Toshkentda MMA bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi

Joriy yil oktyabr oyida O‘zbekistonda ilk bor aralash jang san’atlarining havaskorlar o‘rtasidagi jahon chempionati tashkil etilishi rasman e’lon qildi.  MMA bo‘yicha jahon chempionati Markaziy Osiyo davlatlari orasida ilk bor o‘tkazilmoqda va O‘zbekiston bu borada birinchi bo‘ldi.

Antikorrupsiya agentligiga 2023-yilda eng ko‘p taʼlim sohasi bo‘yicha murojaat kelib tushgan

Shuningdek, o‘tgan yil davomida Agentlikka kelib tushgan 3 545 ta murojaatning 406 tasi sud qarorlaridan noroziliklar, 301 tasi davlat xaridlari va tender savdolari jarayonidagi qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha bo‘lgan.

O‘zbekistonliklar uchun Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish muddati uzaytirildi

Qozog‘iston parlamenti bugun ratifikatsiya qilgan kelishuvga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari uchun Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish muddati 30 kungacha uzaytirildi. Eski tartibga ko‘ra, bu muddat 5 kunnitashkil etardi.

O'zbekistonda milliy sertifikatga ega tarix fani o‘qituvchilariga ham ustama to‘lanadi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari bo‘yicha milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

Nodavlat uyushmalarning davlatga taalluqli funksiyalari davlat idoralariga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 2025-yil 1-yanvardan eʼtiboran xo‘jalik boshqaruv organlari institutini tugatish rejalashtirilmoqda.

2023-yilda sudlar tomonidan 1 ming 244 nafar shaxs oqlandi

Shuningdek, Oliy sud axborot xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yilda sudlangan shaxslar soni 55 ming 763 nafarni tashkil etib, shundan 17 396 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilingan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Shayx Nuriddin Xoliqnazarov Musulmon oqsoqollari kengashiga aʼzo bo‘ldi

Al-Azhar imom-xatibi, Musulmonlar oqsoqollari kengashi raisi doktor Ahmad At-Toyyib O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, O‘zbekiston bosh muftiysi Nuriddin Xoliqnazarovni kengash qarori bilan Musulmon oqsoqollari kengashi aʼzoligiga qabul qilinganini eʼlon qildi.

Kanada O'zbekistonga yangi elchi tayinladi

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri elchining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi.

Fuqarolar pensiya tayinlash vaqtida sanatoriyga navbatga qo‘yiladi

1-sentabrdan boshlab, fuqarolarga pensiya yoki nogironlik tayinlash vaqtida alohida murojaat qilishlarini talab etmagan holda ularni sanatoriyga navbatga qo‘yish tartibini joriy etish nazarda tutilmoqda.

Jinoyat ishlari doirasida telefon so‘zlashuvlarini eshitish uchun sanksiya elektron tarzda beriladi

O‘zbekistonda jinoyat ishlari doirasida ayrim protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun elektron sanksiya berish tartibi joriy etiladi.

Fevral oyining boshi nisbatan sovuq bo‘ladi: 2024-yilning fevral oyi bo‘yicha ob-havo prognozlari eʼlon qilindi

Fevral oyida yog‘ingarchilik miqdori meʼyordan kam, baʼzi joylarda meʼyor atrofida bo‘lishi kutilmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Книжная ярмарка проходит в Яванском районе
      17 апреля 2025 в 13:55   Таджикистан
    Кинологи МВД Кыргызстана заняли призовые места на международных соревнованиях
      17 апреля 2025 в 11:10   Кыргызстан
    Пресс-служба МВД Кыргызстана: 41 год на службе обществу и государству
      18 апреля 2025 в 15:10   Кыргызстан
    Nodirjon Turg‘unov O‘zbekistonning Bahrayndagi birinchi elchisi bo‘ldi
      18 апреля 2025 в 23:05   Узбекистан
    Yengil atletikachilarimiz tarixda ilk bor Osiyo chempionatida ikkinchi boʻlishdi
      вчера в 17:50   Узбекистан
    В Душанбе продолжается строительство одного из красивейших объектов в Центральной Азии — Национального театра
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Rossiya tashqi ishlar vaziri 22-aprelda O‘zbekistonga keladi
      17 апреля 2025 в 23:05   Узбекистан
    В Бишкеке прошел конкурс исследовательских проектов школьников
      18 апреля 2025 в 11:10   Кыргызстан
    Состоялось заседание Правительственного совета по развитию национальной кинематографии
      18 апреля 2025 в 13:55   Таджикистан
    Обсуждено взаимодействие Таджикистана и Международного валютного фонда
      17 апреля 2025 в 21:50   Таджикистан