• 30 мая 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

30-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

O‘zbekistonda gilos hosili rekord darajada kechikdi – EastFruit

EastFruit tahlilchilariga ko‘ra, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida 2024-yil bahori noodatiy salqin va yomg‘irli bo‘lgan, bu ko‘plab mevalar, jumladan, gilosning pishishida kechikishlarga olib kelgan. Bu ham ushbu mevalarning sifat ko'rsatkichlariga salbiy ta'sir ko'rsatdi.

Avtomobillar asl narxidan qimmat sotilishda davom etmoqda — Markaziy bank

O‘zbekistonda avtomobillarning fundamental va bozor narxlari o‘rtasidagi tafovut saqlanib qolmoqda. Xususan, 2023-yilda asl narx bilan bozor qiymatidagi tafovut 7 foiz bo‘lgan.

DXX: Tojikiston va Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 78 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Tojikistonning Panjikent tumani bilan chegaradosh bo‘lgan Samarqand viloyatining Urgut tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, giyohvandlik vositalari kontrabandasi bilan shug‘ullanuvchi 1 nafar Tojikiston va 6 nafar O‘zbekiston fuqarolaridan iborat jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Joriy yilda 34 ta subyektning 807 gektar urug‘lik g‘alla maydonlari sifatsizligi aniqlandi

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Xolida Shodiyeva qishloq xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini o‘rganish natijalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Markaziy bank O‘zbekistonda uy-joy narxlari tez oshayotganiga izoh berdi

Markaziy bank tahliliga ko‘ra, 2023-yil davomida ko‘chmas mulk bozorida uy-joylarning o‘rtacha bozor narxi asl narxidan 24 foizgacha yuqori baholanishi kuzatilgan.

Bolalar sog'lomlashtirish oromgohlarida dam oladigan bolalar qamrovi kengaytiriladi

“Bolalar sog'lomlashtirish oromgohlarida dam oladigan bolalar qamrovini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to'g'risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

“Yangi Oʻzbekiston” bogʻi plyajiga 10 mingta plastik oʻrdakchalar tushirilishi haqida xabar tarqatildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bunday xatti-harakatlarni keskin qoraladi va bunday holatlar qonunga koʻra javobgarlikka sabab boʻlishini maʼlum qildi. Shuningdek, blogerlar, vaynerlar, ijtimoiy tarmoqlar faollaridan tabiatni asrab-avaylashga qaratilgan gʻoyalarni targʻib qilishni, bu mavzularda ijtimoiy roliklar tayyorlashni soʻradi. Vazirlik bu borada ularga  koʻmak berishga tayyorligini eslatdi.

"O‘zbekiston 2 yil ichida JSTga aʼzo bo‘lmoqchi" — Jamshid Xo‘jayev

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotining 2026-yil Kamerunda bo‘lib o‘tadigan vazirlar konferensiyasiga qadar ushbu tashkilotga aʼzo bo‘lib kirishni rejalashtirmoqda.

Fiskal huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun qo'llaniladigan moliyaviy sanksiyalar miqdorlari kamaytirildi

Fiskal huquqbuzarliklar realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum 2 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi. Ilgari realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum miqdorida jarima solingan.

3 ta bankning Tashkent city’dagi biznes markazlari sotuvga chiqarildi

"Asakabank", "O‘zsanoatqurilishbank" va "Aloqabank"ga tegishli "Tashkent City" biznes markazi hududidagi yangi ko‘p qavatli binolari ommaviy savdolar orqali sotiladi.

Sirdaryoda futbol maydonida odamlar ustiga Captiva haydagan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Садыр Жапаров принял председателя Национального банка Швейцарии
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бишкеке прошел открытый форум «Образование, меняющее эпоху»
      вчера в 19:10   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев встретился с Президентом Туркменистана Сердаром Бердымухамедовым
      вчера в 17:40   Кыргызстан
    Садыр Жапаров сделал заявление для СМИ по итогам переговоров с Председателем Совета Министров Того Фором Эсcозимной Гнассингбе
      вчера в 18:25   Кыргызстан
    В селе Панфиловское открыли отреставрированный памятник Ивану Панфилову
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Какую позицию займёт официальный Казахстан после варварского удара Украины по спящим детям в Старобельске?
      вчера в 19:58   Казахстан
    Таджикистан и Азербайджан создают совместный деловой совет
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda $3 mlrdlik 20 ta yangi loyihani ko‘rib chiqmoqda
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Termizda 217 tup daraxt noqonuniy kesilishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi
      вчера в 22:30   Узбекистан
    Баходур Шерализода в Нью-Йорке и Вашингтоне встретился с партнёрами по развитию и международными институтами климатического сотрудничества
      вчера в 22:20   Таджикистан