• 03 декабря 2023 в 22:30
  • 0
  • 0

3-dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

O‘zbekiston va BAA haydovchilik guvohnomalarini o‘zaro tan olishga kelishdi

“O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari hukumati o‘rtasida haydovchilik guvohnomalarini o‘zaro tan olish va almashish to‘g‘risida”gi anglashuv memorandumi ikki davlat ichki ishlar vazirlari tomonidan imzolandi.

BMT O‘zbekistonga ijtimoiy himoya sohasidagi o‘zgarishlarni amalga oshirishda yordam bermoqchi

BMT bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Amina Muhammad “Ish o‘rinlarini yaratish va ijtimoiy himoya global akseleratori” doirasida O‘zbekiston hukumatining o‘zaro hamkorlikdagi tashabbuslarini yuqori baholadi.

Xorazmda 20 yoshli talaba pnevmoniyadan vafot etdi

Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali talabasi pnevmoniyadan vafot etdi. Yigitning kasallikka chalinganiga bir hafta bo‘lgan. U shifokorlar yordamiga qaramay, o‘z uyida vafot etgan.

O'zbekistonda bank kartalaridan pul o‘g‘irlanishiga qarshi choralar belgilandi

Banklar va to‘lov tizimlarining mobil ilovalaridagi xavfsizlik darajasini oshirish uchun yangi ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchining mablag‘ o‘tkazish imkoniyatini 1 soatgacha cheklash rejalashtirilgan. Asosiy foydalanuvchiga uning profiliga kirganlik haqida darhol SMS-xabar yuborish belgilanmoqda.

Toshkent jamoat transporti bosqichma-bosqich to‘liq “yashil transport” tizimiga o‘tkaziladi

2024-yilda harakat tarkibini 200 dona elektrobus bilan yangilash orqali zararli moddalar miqdorini yillik 4,6 ming tonnagacha kamayishiga erishish rejalashtirilgan.

Samarqandda 2 kg dan ortiq giyohvandlik vositasini sotayotganlar qo‘lga olindi

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan, O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, daslabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

6 ta holatda jami 323 gektar maydonda sodir bo'lgan o‘rmon yong‘inlari oqibatida tabiatga 2 mlrd so‘mlik zararlar yetgazilgan

O‘rmon yong‘inlarini oldini olish va bartaraf etish maqsadida 2023-yilda jami 360 km yong‘inga qarshi oraliq joylar, 670 km yo‘llar, 660 km himoya chiziqlari hamda 16 600 m3 suv havzalari yangidan qurildi.

Ombudsman Chirchiq shahar IIB hibsxonasida vafot etgan 22 yoshli yigit ishi bo'yicha tekshiruv boshladi

O‘zini osgani aytilgan bo‘lsa-da, yigitning burni singani va tanasida jarohatlar borligi aniqlangan. Shundan so‘ng yigitning ota-onasi o‘g‘lining jasadini ko‘mishga ruxsat bermagan va ekspertiza o‘tkazilishini talab qilgan. Ombudsman ishga oid hujjatlarni o‘rganmoqda.

O’zbek kinosining yetuk olimi Jo’ra Teshaboyev 90 yoshda vafot etdi

Uzreport.news tahririyati marhumning yaqinlari, oila a’zolari va hamkasblariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

Toshkent shahri va viloyatidagi 3 ta AGTKSH 34 mlrd 640 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан