• 28 мая 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

28-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

O‘zbekistonda gaz, neft va benzin ishlab chiqarish qisqardi

Statistika agentligi 2024-yilning yanvar-aprel oylaridagi sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi.

2024-yil yoz faslining boshi qanday bo'ladi?

Iyun oyining birinchi besh kunligida O‘zbekiston bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Oyning ikkinchi o‘n kunligida qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi ehtimoli ko‘p.

O‘zbekistonda ekologik vaziyatni baholash va prognoz qilish uchun yagona monitoring tizimi ishga tushiriladi

Shuningdek, ekologiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida idoralararo integratsiyalashgan maxsus platformalar ishlab chiqilgan.

Benzin uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori oshirildi

Unga ko‘ra, benzin uchun kompensatsiya miqdori 2024 yil II chorakdan boshlab 128 700 so‘mni tashkil qiladi.

Samarqandda to‘rt farzandning onasi o‘zini balandlikdan tashlamoqchi bo‘ldi

Hodisaga rashk sabab bo‘lgan. IIB xodimlari tomonidan ayol bilan olib borilgan profilaktik tushuntirish ishlaridan so‘ng u niyatidan qaytgan va patrul-post xizmati hamda FVB xodimlari tomonidan qutqarib olingan.

Ispaniya va O‘zbekiston o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha qo‘shma qo‘mita bayonnomasi imzolandi

Ispaniya tranzit imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda Janubiy transkaspiy koridori bo‘ylab yuk tashuvlari hajmini oshirish maqsadida tomonlar ikki davlatning yirik tashuvchilari ishtirokida B2B formatida uchrashuvlar tashkil etish masalasini ko‘rib chiqishdi.

Endi ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limdagi talabalarga ajratiladi

“Oliy va professional ta'lim tashkilotlari talabalari va o'quvchilariga budjet mablag'lari hisobidan ta'lim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish to'g'risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Samarqandda magistral suv quvuri teshilib, ko‘chalarni suv bosdi

Samarqand shahridagi Cho‘pon ota suv inshootidan kelayotgan diametri 1000 millimetrlik katta bosimdagi markaziy suv quvurida favqulodda nosozlik yuzaga kelgan.

Avazbek Olimov shoiraga 170 mln so‘m tovon puli va ma’naviy zarar to‘lab beradigan bo‘ldi

Bundan tashqari xonandaga “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ijro etmaslik majburiyati yuklandi.

Jizzaxda “Nexia-2” gazballoni portlashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Gazballon mashina harakatlanib ketayotganda portlagan. Mashinadagilarning barchasi halok bo‘lgan. Avtomobil ichida 9 yoshli yo‘lovchi ham bo‘lgan.

O‘rmon xo‘jaligi agentligi rahbariyatida tayinlov amalga oshirildi

Qarshiboyev G‘ofurjon Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошел антикоррупционный форум
      02 июля 2025 в 11:10   Кыргызстан
    Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev "Zagulba" qarorgohida tor doirada uchrashuv o'tkazdi
      02 июля 2025 в 23:05   Узбекистан
    Кыргызстан усиливает участие женщин в вопросах мира и устойчивого развития
      сегодня в 11:10   Кыргызстан
    ОшГУ расширяет сотрудничество с Евразийским национальным университетом имени Л.Н. Гумилева
      вчера в 19:10   Кыргызстан
    O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari tikuvchilik fabrikasini borib ko‘rdilar
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Кыргызстан и Китай укрепляют сотрудничество в сфере общественной безопасности
      02 июля 2025 в 09:40   Кыргызстан
    Raqamli texnologiyalar sohasidagi rejalar taqdimot qilindi
      01 июля 2025 в 23:05   Узбекистан
    В районе Рудаки выявили 933 случая нарушения правил пользования электроэнергией
      01 июля 2025 в 21:50   Таджикистан
    Посол Таджикистана встретился с исполнительным директором Саудовского фонда развития
      01 июля 2025 в 22:20   Таджикистан
    Слёт юных геологов объединил талантливую молодёжь со всего Таджикистана
      02 июля 2025 в 22:50   Таджикистан