• 27 октября 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

27-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Prezident Shavkat Mirziyoyev saylovda ovoz berdi

Shavkat Mirziyoyev oila a’zolari bilan birgalikda poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berishda ishtirok etdi. Davlat rahbari saylov uchastkasiga kelgan odamlar bilan suhbatlashdi. O‘z yurti va yashayotgan hududi taqdiriga daxldorligini his qilib, saylovlarda faol qatnashayotgan fuqarolarga minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekistonda deputatlik saylovi o‘tgan deb hisoblandi

Saylov kodeksiga ko‘ra saylov o‘tdi deb hisoblanadigan darajada saylovchi ovoz berib bo‘lgan.

“Jazoni ijro etish muassasalarida 40 mingdan ortiq mahkumlar ovoz berishda ishtirok etadi” — ichki ishlar vaziri o‘rinbosari

Saylovda 40 468 nafar qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan, shuningdek, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar ovoz beradi.

Oybek Usmonov O‘zbekistonning Afg‘onistondagi elchisi etib tayinlandi

O‘zbekistonning Afg‘onistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib Oybek Usmonov tayinlandi. Tayinlovga qadar u Misr va Pokistonda elchi bo‘lgan.

Deputatlar saylovida 831 738 nafar nogironligi bor shaxslar ovoz bermoqda

Uyda ovoz beruvchi shaxslar uchun saylov komissiyasi aʼzolari tomonidan yashash manziliga borgan holda ovoz berish imkoni yaratildi. Shuningdek, oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar uchun gavjum joylarda bepul transport qatnovi yoʻlga qoʻyildi.

Oliy sud: saylov komissiyalari faoliyati bo‘yicha shikoyatlar kelib tushmagan

Saylov komissiyalari faoliyatiga aralashish bo‘yicha ham murojaatlar kelib tushmagan. Biroq, saylovoldi tashviqoti davomida saylov va tashviqotga oid materiallarga qasddan shikast yetkazish bo‘yicha sudlarda 2 ta ish ko‘rib chiqilgani qayd etildi.

Migratsiya agentligi Qozog‘istondagi O‘zbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi

Migratsiya agentligi Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini yaqin haftalarda kuzatiladigan noqulay ob-havodan ogohlantirdi. Agentlik yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘radi.

Komil Allamjonovning mashinasiga o‘q uzganlardan biri ushlandi — Bosh prokuratura

Hozirda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari davom ettirilayotgani aytilmoqda.

Nukusda 3 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан