• 27 мая 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

27-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonning Rossiya bilan 7 yil davomidagi savdo va investitsiyaviy hamkorligini tahlil qildi. 2017-2023-yillarda tovar ayirboshlash hajmi 2,1 barobarga oshib, 9,9 milliard dollarni, eksport 1,6 barobarga oshib, 3,3 milliard dollarni, import 2,4 barobarga oshib, 6,6 milliard dollarni tashkil etdi.

Abbosbek Fayzullayev RPLda “Mavsum kashfiyoti” sovrinini qo‘lga kiritdi

SSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev RPL "Mavsum kashfiyoti" nomiga loyiq deb topildi.

Qoraqalpog‘istonda YPX xodimini urib tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqqa olindi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Haydovchi protsessual tartibda ushlandi.

O‘zbekistonlik qori xalqaro musobaqada 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi

25-27-may kunlari Rossiyaning Ingushetiya mintaqasida “Ixva” xayriya jamiyati tomonidan Qurʼoni karimni tajvidli o‘qish bo'yicha II xalqaro musobaqa o‘tkazildi.

Toshkent viloyatida Damas kanalga tushib ketdi

Haydovchi mashinani boshqarayotgan vaqtida mast holda bo‘lganligi maʼlum bo‘ldi.

Navoiyda baliq ovlab, tabiatga 1,2 mlrd so‘m zarar yetkazgan shaxslar aniqlandi

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning  90-moddasi 4-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Yetkazilgan zararni undirish va tegishli chora ko‘rish maqsadida to‘plangan hujjatlar sud organlariga yuborilmoqda.

Rossiya prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

Ko‘ksaroy qarorgohida O'zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Qarorgoh oldidagi maydonda ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin tor doirada uchrashuv o'tkazdi

Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Ta’lim va muhandis kadrlarni tayyorlash sohalaridagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekistonda Bauman nomidagi Moskva texnika universiteti va Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi filiallarini ochish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Jahon banki O‘zbekistonda aholining ijtimoiy himoyasi uchun 100 mln dollar ajratdi

Loyihaning maqsadi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga mansub odamlar uchun ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini va ularning sifatini yaxshilashdir.

Oʼzbekiston va Rossiya delegatsiyalarining kengaytirilgan muzokaralari boʼlib oʼtdi

Muzokaralarda Oʼzbekiston bilan Rossiya oʼrtasidagi keng qamrovlik strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari batafsil muhokama qilindi. Qayd etilishicha, Oʼzbekistonda kichik quvvatli atom elektr stantsiyasini qurish loyihasini amalga oshirish boʼyicha kelishuvlar imzolanadi.

London Siti va Toshkent shahri o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatiladi

London Sitida O‘zbekistonning investitsiyaviy, turizm va madaniy salohiyatiga bag‘ishlangan tadbirlarni birgalikda tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

1-iyundan 1-avgustgacha bir kub metr “metan” gazning eng baland narxi 3750 so‘m qilib belgilanmoqda

Yaʼni, 1-iyundan eʼtiboran yakuniga yetishi kerak bo‘lgan eng baland chakana narx uchun belgilangan muddat yana ikki oy davomida ayrim o‘zgartishlar bilan amal qiladi.

Ayrim davlat xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha ma'muriy hujjatlarni sudgacha ko'rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi

Farmonga ko'ra, 2024-yil 1-iyuldan 2026-yil 1-iyulgacha huquqiy eksperiment tariqasida Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo'lmagan ayrim davlat xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha ma'muriy hujjatlarni sudgacha ko'rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi.

Sigaretalar tarkibiga talablar belgilanmoqda

Vazirlar Mahkamasining “Tamaki mahsulotlari uchun texnik reglamentni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Hujjat bilan tamaki mahsulotlari uchun texnik reglament tasdiqlandi. U 2025-yilning 1-yanvaridan kuchga kiradi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    O‘zbekistonda 2025-yilda CITES tomonlar konferensiyasining 20-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
      20 декабря 2024 в 23:05   Узбекистан
    В Эр-Рияде обсуждён вопрос сотрудничества Таджикистана и Саудовской Аравии в сфере защиты прав человека
      21 декабря 2024 в 22:50   Таджикистан
    Асель Чынбаева обсудила пилотирование ваучерного механизма в дошкольном образовании
      сегодня в 09:40   Кыргызстан
    Садыр Жапаров выступил с обращением на третьем Народном Курултае
      20 декабря 2024 в 18:25   Кыргызстан
    Садыр Жапаров выразил соболезнования Федеральному Президенту ФРГ
      вчера в 19:10   Кыргызстан
    O‘zbekistonning janubi-sharqida ikkita yangi arxeologik yodgorlik aniqlandi
      20 декабря 2024 в 22:40   Узбекистан
    Tayson Fyuri: Usik hakamlardan Rojdestvo sovg‘asini oldi
      вчера в 17:50   Узбекистан
    Toshkentda O'zbekiston–Misr hukumatlararo qo'shma komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tadi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    NBAning eng qimmat klublari aniqlandi
      20 декабря 2024 в 17:50   Узбекистан
    Министр энергетики и водных ресурсов Таджикистана провел встречу с делегацией Ирана
      20 декабря 2024 в 21:50   Таджикистан