• 21 января 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

21-yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tashkil etilib, Yoshlar ishlari agentligi Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkazildi.

Toshkentda tovlamachilikda gumonlanib ikki kishi qamoqqa olindi. Yana biri qidiruvda

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (“Tovlamachilik”) bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida quyidagi shaxslar jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlandi.

Poytaxtda yashillilik olti yil ichida 35 % dan 13% gacha kamaygan (xarita)

Professor J.Sadikov Geoaxborot tizimlarini qo‘llash orqali Toshkent shahri uchun NDVI (Normallashtrilgan o‘simlik indeksi) maʼlumotlarini o‘rgandi va kishini o‘ylantiruvchi tendensiyalarni aniqlagan.

O‘zbekistonlik oila Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘ldi

Yengil mashinada bo‘lgan to‘rt kishidan faqat 14 yoshli o‘smir omon qolgan. U ayni vaqtda shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan tekshiruv boshlangan.

2023-yilda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmi 62,6 mlrd AQSH dollariga yetgan

Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (21,9 %), Rossiya (15,8 %), Qozog‘iston (7 %), Turkiya (5 %) va Koreya Respublikasida (3,7 %) qayd etilgan.

1-sinf o‘quvchilari uchun qo‘shimcha bir haftalik ta’til beriladi

Taʼtil fevral oyining aynan qaysi kunlariga to‘g‘ri kelishi hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamda hududiy bo‘linmalari tomonidan yoki har bir maktab pedagogik kengashi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti 2023-yilda 1 kvadrillion so‘mdan oshdi

2023-yilda O‘zbekistonining yalpi ichki mahsuloti hajmi joriy narxlarda 1 kvadrillion 66,5 trln so‘mni tashkil etdi.

OAV Afg‘onistonda samolyot halokati haqida xabar bermoqda

Hindistondan uchgan samolyot Moskva yo‘nalishida harakat qilgan. Uning bortida jami 6 kishi bo‘lgan.

"Qo‘yliqning yopilishi va Food city'ga tadbirkorlarni majburiy ko‘chirilishi narxlarni oshirgan" - Iqtisodchi Otabek Bakirov

"Bundan boshqacha bo‘lishi mumkin emas edi. Qo‘yliqning rekonstruksiya bahona yopilishi bir amallab kunini ko‘rayotgan aravakashlar va bozorchilar uchun ko‘rgulik desangiz, yanglishasiz. Bu Toshkent shahri va viloyati barcha isteʼmolchilari uchun qo‘shimcha tovon bo‘ldi", - deya yozgan iqtisodchi.

Misrdan O'zbekistonga gepatit C ga qarshi dori vositalarining kelishi 2024-yilda ham davom etadi

O'zbekistonning Qohiradagi elchixonasi xabariga ko'ra, Misr hukumati tomonidan 2025-yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million dollar bo'lgan jami 800 ming dona C gepatitiga qarshi dori vositalarining beg'araz yordam sifatida berilishi bo'yicha kelishuvga erishilgan.

"Nasaf" va O'FA jarimaga tortildi

OFK muxlislarning xatti-harakatlari sabab “Nasaf”ga 50375 dollar, O‘FAga 5000 dollar jarima belgiladi.

Boʻstonliqda Xitoy andozalari asosida yirik dam olish maskani quriladi

Loyihaning dastlabki investitsiya qiymati 10 million dollar deb baholanmoqda.

Para yengil atletikachilarimiz Tailanddagi xalqaro turnirda 3 ta oltin medalga sazovor bo‘lishdi

Para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari Tailandda o‘tgan xalqaro musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

O'zbekistonda "Jadidlar.uz" platformasi yaratildi

Ushbu platformani keng jamoatchilikka yetkazishdan maqsad xalqimizga jadid bobolarimizning ibratli hayot yo‘lini ko‘rsatish, ilmiy merosi bilan tanishtirish, bu sohada amalga oshirilgan tadqiqotlardan xabardor qilishdan iborat.

Kelayotgan hafta davomida O'zbekiston hududlarida kuzatiladigan ob-havo ma'lumoti e'lon qilindi

"O'zgidromet" xizmati O'zbekiston hududlari bo'ylab 23-25-yanvar kunlari kuzatiladigan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.

Qozog‘iston orqali harakatlanishni rejalashtirayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

So‘nggi kunlarda Qozog‘iston Respublikasining hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Садыр Жапаров принял председателя Национального банка Швейцарии
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бишкеке прошел открытый форум «Образование, меняющее эпоху»
      вчера в 19:10   Кыргызстан
    Садыр Жапаров сделал заявление для СМИ по итогам переговоров с Председателем Совета Министров Того Фором Эсcозимной Гнассингбе
      вчера в 18:25   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев встретился с Президентом Туркменистана Сердаром Бердымухамедовым
      вчера в 17:40   Кыргызстан
    В селе Панфиловское открыли отреставрированный памятник Ивану Панфилову
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Какую позицию займёт официальный Казахстан после варварского удара Украины по спящим детям в Старобельске?
      вчера в 19:58   Казахстан
    Таджикистан и Азербайджан создают совместный деловой совет
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda $3 mlrdlik 20 ta yangi loyihani ko‘rib chiqmoqda
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Termizda 217 tup daraxt noqonuniy kesilishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi
      вчера в 22:30   Узбекистан
    Баходур Шерализода в Нью-Йорке и Вашингтоне встретился с партнёрами по развитию и международными институтами климатического сотрудничества
      вчера в 22:20   Таджикистан