• вчера в 22:30
  • 0
  • 0

2026 yilda yanvar oyi nisbatan iliq bo‘ldi

2026 yilda yanvar oyi nisbatan iliq bo‘ldi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet oy yakuni bo‘yicha sharhida.

O‘zbekiston hududining katta qismida o‘rtacha oylik havo harorati iqlim meʼyoridan 1,2−2,4 darajaga yuqori bo‘lib, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, respublika janubida baʼzi joylarda meʼyorga yaqin bo‘lishi kuzatildi.

Yanvarda harorat foni notekis bo‘ldi. Respublika hududining katta qismida oyning birinchi yarmida asosan iliq ob-havo kuzatildi, bunda kunduzi havo harorati +10…+15 daraja, bazi joylarda +17 darajagacha bo‘ldi.

Birinchi o‘n kunlikning o‘rtasida Qozog‘iston ustida joylashgan sovuq antitsiklon periferiyasi O‘zbekiston hududiga kirib keldi. Bir necha kun davomida respublika bo‘yicha asosan bulutli ob-havo kuzatildi. Ko‘pchilik hududlarda kechasi va ertalab tuman qayd etildi, Farg‘ona vodiysida esa tuman tushishi kunduz kunlari ham saqlanib turdi. Ushbu davrda havo harorati kechalari 0…-5 darajagacha, shimolda −8…−13 darajagacha pasaydi va kunduz kunlari 0…+5 darajadan yuqori bo‘lmadi.

Sovuq davr uzoq davom etmadi va birinchi o‘n kunlik oxiriga kelib, havo harorati yana ko‘tarila boshladi. 13−14 yanvar kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida (shimoliy hududlar va Farg‘ona vodiysidan tashqari) kunduz kunlari havo +19…+22 darajagacha isidi. Aksariyat hududlarda bunday harorat qiymatlari O‘zbekistondagi barcha meteorologik kuzatuvlar davri uchun yanvar oyi harorat rekordlari qiymatiga yaqin bo‘ldi.

Oyning birinchi yarmida havo haroratining meʼyordan o‘rtacha og‘ishi +2…+4 darajani tashkil etdi, eng iliq kunlarda esa +7…+10 darajagcha yetdi. O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha ushbu davrda asosan quruq ob-havo kuzatildi. Faqat respublikaning ayrim hududlarida biroz qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi (1−2 ta holat) qayd etildi.

Oyning ikkinchi yarmida ob-havo sharoiti keskin o‘zgardi. 16 yanvardan respublika hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keldi va keyinchalik respublika hududi bo‘yicha bir necha sovuq havo oqimlari kirib kelishi (23−24 yanvar va 28−29 yanvar) kuzatildi.

Eng sovuq kechalarda havo harorati 6−11 daraja sovuqqacha, respublikaning shimoliy hududlarida 13−18 daraja sovuqqacha, Ustyurtdabaʼzi joylarda 21−24 daraja sovuqqacha pasaydi. Ayrim kunlarda esa maksimal havo harorati −3…+2 daraja iliq, respublika shimolida −5…−7 darajani tashkil etdi.

Sovuq havo kirib kelishi bir qator yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylandi) bilan qayd etildi, shimolda va tog‘li hududlarda esa asosan qor ko‘rinishida kuzatildi.

16 yanvarda Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida, Toshkent, Qashqadaryo viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarilik kuchli bir kecha-kunduzda 15 mm dan 23 mm gacha bo‘ldi. Arnasoy ko‘li hududida bir kecha-kunduzda 33−35 mm yog‘ingarchilik qayd etildi, bu ushbu hudud uchun deyarli oylik meʼyorni tashkil etadi.

22 yanvarda va 23 yanvarga o‘tar kechasi yog‘ingarchilik asosan qor ko‘rinishida yog‘di va Toshkent, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida sezilarli darajada bo‘lib, bunda yog‘ingarchilik miqdori 15−31 mm ga yetdi. Surxondaryo viloyatida ayrim joylarda 22 yanvar kuni bir kecha-kunduzda yog‘gan yog‘ingarchilik oylik meʼyordan 50−56% gacha bo‘lishi qayd etildi. Kuchli yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylandi), shuningdek, 25 va 28 yanvar kunlari Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida ham kuzatildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Ректор ОшГУ принял участие на юбилейном мероприятии японского агентства JICA
      05 февраля 2026 в 11:10   Кыргызстан
    Жээнбек Кулубаев провел телефонный разговор с главой МИД Союза Коморских Островов
      вчера в 09:40   Кыргызстан
    Уроженка Таджикистана приглашена на участие в концерте конкурса «Романсиада»
      04 февраля 2026 в 13:55   Таджикистан
    Бакыт Торобаев ознакомился с рядом инфраструктурных объектов Иссык‑Кульской области
      вчера в 19:10   Кыргызстан
    Железная дорога как альтернативный вид пассажирских перевозок в городе Бишкек
      04 февраля 2026 в 11:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло заседание Экспертного совета по вопросам укрепления национального единства и религиозной политики
      04 февраля 2026 в 20:10   Кыргызстан
    Садыр Жапаров принял Спецпосланника США по делам Южной и Центральной Азии
      04 февраля 2026 в 17:40   Кыргызстан
    Состоялись первые консульские консультации между МИД Кыргызстана и Египта
      05 февраля 2026 в 09:40   Кыргызстан
    Maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
      04 февраля 2026 в 23:05   Узбекистан
    Эльдар Сулайманов встретился с Специальным представителем ЕС по ЦА
      вчера в 17:40   Кыргызстан