• 10 января 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

2023-yilda imtiyozli toifaga kiruvchi 97 ming nafardan ziyod bemorga tibbiy yordam xarajatlarini qoplash uchun 772 mlrd so‘m to‘lab berilgan

2023-yilda Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan imtiyozli toifaga kiruvchi 97 ming nafardan ziyod bemorga tibbiy yordam xarajatlarini qoplash uchun 772 mlrd so‘m to‘lab berildi. Bu haqda Jamg‘arma axborot xizmati rahbari Sayyora Shoyeva ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga elektron yo‘llanma asosida ko‘rsatilgan tibbiy yordam xarajatlarini qoplash maqsadida 2023-yilda 14 ta respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, 11 ta respublika darajasidagi, 41 ta hududiy tibbiyot muassasasi hamda 34 ta nodavlat tibbiyot tashkiloti bilan shartnomalar tuzildi.

Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlarni asoslovchi hujjatlarni Jamg‘armaga to‘lov uchun yuborish va ko‘rib chiqish jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida Jamg‘arma “Medrefer” axborot tizimini ishga tushirdi va shartnoma tuzgan barcha davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlariga to‘liq joriy etdi.

Bemorlarning ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar sifatidan roziligini baholash uchun “qaytar aloqa” tizimi yo‘lga qo‘yilib, korrupsiya xavf-xatarlarini kamaytirishga erishilmoqda.

Qonunchilikka ko‘ra, joriy yilning 1 yanvaridan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan otorinolaringologiya (LOR) va yuz-jag‘ jarrohligi yo‘nalishlaridagi tibbiy xizmatlar nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilishiga ruxsat berildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан