• 20 декабря 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

20-dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

O'zbekistonda kambag‘allik darajasi yil yakuni bilan 9 foizdan pasayadi

Umuman, murakkab geosiyosiy sharoitga qaramay, iqtisodiyotimiz 6,3 foizga oshib, 111 milliard dollardan ko‘paygani taʼkidlandi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasiga 38 milliard dollar investitsiya kirdi, eksport 26 milliard dollardan oshdi.

Ayrim talabalarning o‘zlashtirishi 80 foizdan oshsa, davlat granti berilishi mumkin

Endilikda kambag‘al oila reyestridagi talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 80 foizdan yuqori bo‘lsa, keyingi o‘quv yili uchun davlat granti va foizsiz kredit taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Chet el valyutasidagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi belgilandi

Chet el valyutasidagi operatsiyani tan olishda uni amalga oshirish sanasidagi chet el valyutasining so'mga nisbatan Markaziy bankning kursi bo'yicha tan olinadi.

O‘zbek kurashi Islom birdamligi o‘yinlari dasturidan joy oldi

O‘zbek kurashi 2025-yil Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan Islom birdamligi o‘yinlari dasturiga kiritildi.

Toshkent shahridan viloyatlarga qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etiladi

Yangi yil bayrami arafasida Toshkent shahridan respublikaning turli hududlariga muntazam avtobus yo‘nalishlari orqali o‘z manziliga yetib olishni rejalashtirgan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Toshkent” avtovokzalidan kundalik 53 ta reyslarga qo‘shimcha ravishda har kuni shaharlararo yo‘nalishlarda 20 dan ortiq avtobus qatnovlari tashkil etiladi.

O‘zbekistonning janubi-sharqida ikkita yangi arxeologik yodgorlik aniqlandi

O‘zbekistonning janubi-sharqida ikkita yangi arxeologik yodgorlik topildi: Toshbuloq va Tug‘unbuloq. Bu shaharlar 2000-3000 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, milodiy VIII-XI asrlarga oid.

O‘zbekiston va Gongkong o‘rtasida o‘zaro vizasiz tartib o‘rnatish masalasi muhokama qilinmoqda

O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari Xitoyning Gongkong maxsus ma’muriy hududi hukumatining Pekindagi vakolatxonasi vakillari bilan muzokara o‘tkazdi.

Farg‘onadagi portlashdan so‘ng viloyatdagi barcha “zapravka”lar o‘rganib chiqiladi

Baxtsiz va noxush hodisalarning oldini olish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ishchi guruh tuzildi.

Ilk bor 2025-yilda elektr energiyasining onlayn ulgurji bozori ishga tushadi

Shuningdek, turizm sohasida ham katta ishlar qilindi. Tadbirkorlarning 6,5 trillion so‘m sarmoyasi bilan 24 ming o‘rinli mehmonxonalar ishga tushdi. Bo‘stonliqda 10 milliard dollarlik “Sea Breeze” nomli yirik markaz qurilishini boshlashga kelishib olindi. Shuningdek, mamlakatimizga dunyoni nufuzli Swissôtel, Sheraton, Ritz-Carlton, Novotel, Pullman, Marriott, ibis, Mercure kabi 23 ta mehmonxona brendlari kirib kelayapti.

Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Duyshonkul Chotonov Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi.

O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lib kirish bo‘yicha AQSH bilan muzokaralari yakunlangani rasman eʼlon qilindi

Tadbirda tomonlar erishilgan kelishuvlarning ahamiyatini alohida taʼkidlab, muzokaralarning muvaffaqiyatli yakunlanishi ikki mamlakatning ko‘p tomonlama savdo tizimi, adolatli va shaffof savdo qoidalarga asoslangan munosabatlarga sodiqligini qayd etishdi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Садыр Жапаров посетил здание Национальной телерадиовещательной корпорации после капитальной реконструкции
      сегодня в 11:10   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев проверил ход строительства тоннеля на участке железной дороги «Китай – Кыргызстан – Узбекистан»
      07 декабря 2025 в 13:40   Кыргызстан
    В Вашингтоне состоялась жеребьёвка финальной стадии Чемпионата мира по футболу 2026 года
      06 декабря 2025 в 23:00   Таджикистан
    В Риме зажгли огонь зимних Олимпийских игр-2026
      07 декабря 2025 в 23:00   Таджикистан
    В мэрии Бишкека прошла встреча с послом 0Кипра
      вчера в 17:40   Кыргызстан
    Делегация Китайской Народной Республики посетила Национальный музей Таджикистана
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Медер Абакиров провел телефонный разговор с Заместителем министра иностранных дел Литвы
      сегодня в 09:40   Кыргызстан
    В Таджикистане реализуется «Национальная программа безопасности гражданской авиации на 2025-2030 годы»
      06 декабря 2025 в 21:50   Таджикистан
    Turizm sohasida barqaror o‘sish
      06 декабря 2025 в 22:30   Узбекистан
    В Душанбе отметили 30-летие со дня образования Отряда милиции особого назначения МВД Таджикистана
      06 декабря 2025 в 22:00   Таджикистан