• 19 декабря 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

19-dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

“Yoshlarning sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish to'g'risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Toshkentda issiqlik ta’minoti narxlari 2 yilda 4 marta oshiriladi

“Kelgusi yilda Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti tariflari ikki marta oshiriladi, lekin bu ham yetarli emas”, dedi iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov. Joriy yilda ham poytaxt issiqlik ta’minoti uchun narxlar 2 marta 15 foizdan qimmatlashtirilgandi. 2025 yilda tarmoqqa budjetdan 4,2 trln so‘m subsidiya ajratilishi ham ko‘zda tutilgan.

Yakuniy davlat attestatsiyasini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda tashkil etish amaliyoti joriy qilinadi

Qarorga ko'ra, 2025-yil 1-yanvardan oliy va kasbiy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda ham tashkil etish amaliyoti joriy qilinadi.

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Toshkent viloyati hududiy bo'limi tashkil etiladi

2026-yil 1-iyungacha Sud ekspertiza markazining Toshkent viloyati bo'limini xalqaro standartlar bilan uyg'unlashgan davlat standarti talablariga javob beradigan binoga joylashtirish hamda maxsus mebel, kompyuterlar, boshqa zarur texnika va inventarlar, shuningdek, yuqori malakali professional kadrlar bilan ta'minlash choralari ko'riladi.

Ergash Saliyev Jizzax viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi

"Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Poytaxtdagi bosh archaning balandligi qancha?

Bosh archaning balandligi 35 metr bo‘lib, uning atrofida 4 ta 8 metr balandlikdagi kichik archalar mavjud. Bitta ulkan archa va 4 ta kichik archa uchun 33 ming dona o‘yinchoq ilib chiqilgan. Archalar 14 ming metr chiroqlar bilan bezatilgan. Maydonda 300 ga yaqin qo‘shimcha dekorativ elementlar ham bor. Bosh archaning rasmiy ochilishi 25-dekabrga rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi eksporti bo‘yicha kelishuvni 2025-yilgacha uzaytirdi

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Afg‘onistonda “Surxon — Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasi qurilishini muhokama qildi.

Qashqadaryoda ota va uning uch farzandi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.

Senat Soliq kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar bilan qator imtiyozlarni maʼqulladi

Mazkur qonun bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha manbalardan daromad oluvchi byudjet tashkilotlari uchun belgilangan soliq stavkalarining amal qilishini 2027-yilning 1-yanvarigacha uzaytirish, shuningdek jami daromadning chegaraviy miqdorini 5 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘m etib belgilanishi, ushbu daromad mavjud bo‘lganda soliq to‘lovchilar har oylik bo‘nak to‘lovlarini to‘liq chorak o‘tganidan keyin to‘lashini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

“Oʼzbekkosmos” 2 mingga yaqin noqonuniy chiqindixonalarni aniqladi

Ulardan 123 tasi yaʼni 255,5 gektari chiqindi saqlash poligonlari chegarasidan tashqariga chiqish, 1 805 tasi 465,2 gektari yesa noqonuniy chiqindi poligonlari sifatida qayd etilmoqda.

YUNESKOning dastlabki roʻyxatida Oʻzbekistonning milliy tabiiy meros obyektlari haqidagi maʼlumotlar yangilandi

YUNESKOning dastlabki nominatsiyalar roʻyxatida Oʻzbekiston milliy tabiiy merosining 5 ta obyekti (Zomin, Hisor, Shohimardon togʻlari, Sarmishsoy petrogliflari, Boysun makoni) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yangilandi va yana 2 ta yangi obyekt (Koʻhitang togʻlari va Nurota togʻ tizmalari) qoʻshildi.

Toshkent shahrida yo'lovchi avtobusda yong‘in chiqdi

Yongʻin oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

DXX 6 kg gashish va 2 kg sintetik giyohvand moddalarini sotayotgan shaxslarni ushladi

Aniqlangan holatlar boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Andijondan Suriyadagi terroristik tashkilotlarga pul jo'natib turgan shaxs 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida fuqaroning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi. U 10 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Noyabr oyida Toshkent shahridagi ijara bozorida turg‘unlik qayd etildi

Poytaxtning Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxi yuqoriligicha qolmoqda, bu tumanlarda ijara narxi bir kvadrat metr uchun o‘rtacha 10-11 dollarni tashkil etadi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    O‘zbekistonda 2025-yilda CITES tomonlar konferensiyasining 20-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Farmatsevtika klasterida logistika markazi ochildi
      18 декабря 2024 в 23:05   Узбекистан
    Арсланбек Малиев, Сеидбек Атамбаев встретились с послом Франции
      вчера в 13:40   Кыргызстан
    Уланбек Султанов встретился с представителями МВД России и МВД Казахстана в КР
      19 декабря 2024 в 11:10   Кыргызстан
    Britaniyalik boks eksperti: "Bahodir Jalolov prof boksda jahon chempioni bo‘ladi"
      19 декабря 2024 в 17:50   Узбекистан
    Садыр Жапаров выступил с обращением на третьем Народном Курултае
      вчера в 18:25   Кыргызстан
    Gaz qazib olishni ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi
      19 декабря 2024 в 23:05   Узбекистан
    В АП КР состоялась церемония награждения молодых спортсменов
      19 декабря 2024 в 15:10   Кыргызстан
    Садыр Жапаров поздравил работников органов национальной безопасности с профессиональным праздником
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    ТЭЦ Бишкека отмечает День энергетика
      вчера в 12:55   Кыргызстан