• 18 февраля 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

18-fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Shavkat Mirziyoyev Kuvayt Valiahdi Shayx Saboh as-Saboh bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston prezidenti va Kuvayt Davlati valiahdi keng qamrovli sheriklikni rivojlantirish rejalarini muhokama qildi.

O‘zbekiston 2024-yilda xorijdan 16,5 ming tonna limon import qildi

O‘zbekiston 2024-yilda xorijdan qiymati 3,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 16,5 ming tonna limon import qilgan. Eng ko‘p limon import qilgan davlatlar uchligidan Turkiya, Xitoy va Tojikiston o'rin egalladi.

Kambag'al oilalarga tadbirkorlik bilan shug'ullanishi uchun foizsiz ssudalar ajratiladi

Qarorga ko'ra, aholini tadbirkorlikka jalb qilish, aylanma mablag'lari bilan ta'minlash hamda Ijtimoiy himoya yagona reyestri va Kambag'al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar a'zolariga o'z faoliyatini boshlashi uchun zarur bo'lgan asbob-uskunalarni xarid qilishga ajratiladigan subsidiyalar o'rniga foizsiz ssuda ajratish tizimini joriy etiladi.

Yoshga doir pensiyalar fuqarolarning murojaatisiz tayinlanishi mumkin

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga pensiya olish yoshiga to‘lgan (erkaklar 60 yosh, ayollar 55 yosh) fuqarolarga yoshga doir pensiyani ularning alohida murojaatini talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash tartibini belgilashga oid qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

“Haj–2025” ziyorati uchun O‘zbekistonga Saudiya Arabistoni tomonidan 15 mingta kvota ajratildi

Shuningdek, O‘zbekistondan Umra va Haj ziyorati uchun boruvchilar miqdori so‘nggi bir necha yilda 100 baravarga oshgani aytildi.

Toshkentning Amir Temur shohko‘chasida “xalqaro tajriba” asosida chizilgan yo‘l chiziqlari o‘chirilmoqda

Avvalroq jamoatchilik vakillari ushbu chiziqlar boʻyicha eʼtirozlarini bildirgandi.

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg'armasi tashkil etiladi

Jamg'arma mablag'lari belgilangan manbalar hisobidan 100 million AQSH dollari ekvivalentiga teng summaga yetkaziladi.

Poytaxt hokimligi bozorlarda patta narxlari oshganiga izoh berdi

Qayd etilishicha, Toshkent shahridagi 19 ta bozor va savdo komplekslarining jami xarajatlari 2022-yilda 256,3 mlrd so‘mni, 2023-yilda 296,0 mlrd so‘mni, 2024-yilda 314,1 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lib, 2025-yilda soliq, kommunal to‘lovlar, ish haqi oshishi hamda ta’mirlash va qurish ishlarini inobatga olib 383,5 mlrd so‘m (2024-yilga nisbatan 22 foizga ko‘p) reja qilingan.

2025–2027-yillarda “Yoshlar biznesi” dasturi amalga oshiriladi

Dastur doirasida 350 mingta yoshni qamrab olinadi, shu jumladan, 18 yoshga to'lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar uchun kamida 100 mingta qo'shimcha ish o'rinlari yaratiladi.

OTM bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko'maklashuvchi “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshiriladi

“Oliy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko'maklashish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi prezident qarori qabul qilindi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан