• 17 апреля 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

17-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

“Bugun Farg‘ona vodiysi ‘porox bochkasi’ emas” — Sherzod Asadov

O‘zbekiston prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov uch davlat rahbarlarining sa’y-harakatlari va do‘stligi tufayli bugun Farg‘ona vodiysi imkoniyatlar, farovonlik, tinchlik, yaxshi qo‘shnichilik va bunyodkorlik makoniga aylanganini aytdi.

Internetda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish faoliyati litsenziyalanadigan faoliyat turlariga kiritildi

Ayrim qonun hujjatlari o‘zgartirildi. Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga kapital bozorini, sug‘urta bozorini tartibga solish, lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha vakolatlar yuklatildi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari qo‘shma telekanal va media platforma yaratishi mumkin

Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi media sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

Bojxonachilar kir yuvish kukuni niqobi ostidagi 45 kg pregabalin kuchli taʼsir qiluvchi moddasini to‘xtatib qolishdi

Hozirda jami og‘irligi 45 kg “pregabalin” kuchli taʼsir qiluvchi moddasi daliliy ashyo sifatida olinib, bojxona organlari tomonidan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi

Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan va murakkab vaziyatga tushib qolgan voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi.

Samarqandda 5-mayda Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz davlatlari sammiti bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” Strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining uchinchi uchrashuvida ishtirok etdi.

Qarzdorlik hisobiga banklar balansiga olingan mol-mulklar realizatsiyasi jadallashtiriladi

Qarorga ko'ra, 2025-yil 1-maydan ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan banklarga va ular huzuridagi investisiya kompaniyalariga auksionda sotilmasdan qarzdorliklarni so'ndirish evaziga bank balansiga olingan mol-mulklarni bozor qiymatida to'g'ridan-to'g'ri sotishga, shu jumladan, kredit, bo'lib-bo'lib to'lash, lizing shartnomalari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa bitimlar orqali sotishga ruxsat etiladi.

5 grammlik oltin quyma narxi ilk bor 7,2 mln so‘mdan oshdi

17-aprel kuni o‘lchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord ko‘rsatkichga yetdi.

O‘zbekistonda yil boshidan beri eng ko‘p qanday ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgani aytildi

O‘zbekistonda joriy yilning I choragi davomida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 162 665 nafar shaxsga nisbatan 138 557 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilib, 105 418 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy jazolar qo‘llanildi.

O'zbekistonning boy merosi va turizm salohiyatini Xitoyda keng targ'ib qilish maqsadida maxsus dastur ishlab chiqildi

Dasturga muvofiq, Xitoy tomoni O'zbekistonning qadimiy shaharlari, ulardagi tarixiy obidalar, milliy urf-odat, an'ana va madaniyatni namoyon etuvchi qisqa metrajli hujjatli filmlar, fotoreportajlar yaratadi hamda interaktiv tadbirlarni uyushtiradi.

EastFruit: O‘zbekistonda o‘tgan yilgi piyoz narxi qimmatlashmoqda

O‘zbekistonda yangi piyoz hosili sotuvga chiqishi bilan o‘tgan yilgi piyoz narxi oshmoqda, deya xabar bermoqda EastFruit mutaxassislari.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Садыр Жапаров принял председателя Национального банка Швейцарии
      сегодня в 20:55   Кыргызстан
    В Бишкеке прошел открытый форум «Образование, меняющее эпоху»
      сегодня в 19:10   Кыргызстан
    Садыр Жапаров сделал заявление для СМИ по итогам переговоров с Председателем Совета Министров Того Фором Эсcозимной Гнассингбе
      сегодня в 18:25   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев встретился с Президентом Туркменистана Сердаром Бердымухамедовым
      сегодня в 17:40   Кыргызстан
    В селе Панфиловское открыли отреставрированный памятник Ивану Панфилову
      сегодня в 20:10   Кыргызстан
    Какую позицию займёт официальный Казахстан после варварского удара Украины по спящим детям в Старобельске?
      сегодня в 19:58   Казахстан
    Таджикистан и Азербайджан создают совместный деловой совет
      сегодня в 21:50   Таджикистан
    Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda $3 mlrdlik 20 ta yangi loyihani ko‘rib chiqmoqda
      сегодня в 22:10   Узбекистан
    Termizda 217 tup daraxt noqonuniy kesilishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi
      сегодня в 22:30   Узбекистан
    Баходур Шерализода в Нью-Йорке и Вашингтоне встретился с партнёрами по развитию и международными институтами климатического сотрудничества
      сегодня в 22:20   Таджикистан