• 15 января 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

15-yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

O‘zbekistonga maishiy texnika import qilishda ishlab chiqaruvchining dileri bo‘lishi shartligi belgilandi

Shuningdek, vakillar va dilerlar ushbu mahsulotlarning “sifati, xavfsizligi hamda servis kafolatini ta’minlaydigan va mijozlarga xizmat ko‘rsatadigan” bo‘lishi kerak.

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarning barqarorlik reytingini joriy qilish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi

Bu reyting tadbirkorlarga o‘z hamkorlari to‘g‘risida ishonchli ma’lumot beruvchi himoya tizimiga aylanadi. Ya’ni, shubhali shartnomalar va insofsiz raqobatga chek qo‘yilib, “yashirin” iqtisodiyot qisqaradi.

O‘zbekistonda Eltech Industrial texnoparki tashkil etiladi

Shuningdek, Surxondaryoda 2 gektar qishloq xo‘jaligi yer maydoni oshxona havo tortish qurilmalari ishlab chiqarish uchun ajratiladi.

Rossiyalik bloger Toshkent teleminorasining taqiqlangan eng yuqori qismiga chiqdi

Toshkent teleminorasi ma’muriyatiga ko‘ra, holat 2022-yilda kuzatilgan bo‘lib, bloger aslida teleminoraning restoran qismiga ovqatlanish uchun chiqqan. So‘ngra u yerdan tashqaridagi temir konstruksiyalariga osilib, maxsus narvonlar orqali yuqoriga ko‘tarilgan.

O'zbekistonda ta’lim muassasalarida ayrim mahsulotlar iste’moli kamaytiriladi

O‘zbekistonda maktabgacha va maktab ta’lim tizimida sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash mo‘ljallanmoqda.

2024-yilda Qozog‘istonda Markaziy Osiyo davlatlari ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi

Unda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari ham ishtirok etishi mumkin.

O‘zbekistonda olma va mandarin narxi qimmatlashdi

Yanvar oyining birinchi haftasida olma ulgurji narxlari o‘rtacha 20%ga, mandarin narxi esa 13%ga oshgan.

"Tayvan - Xitoyning ajralmas qismi" - O‘zbekiston TIV Tayvandagi prezidentlik saylovi yuzasidan munosabat bildirdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 13-yanvar kuni Tayvanda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari yuzasidan bayonot berdi.

"Shu kunlarda ololmayapman to'yib nafas" — Faollar toza havo uchun fleshmob uyushtirishdi

O‘zbekistondagi taniqli faollar juma kuni aholi va hukumatning eʼtiborini og‘irlashib borayotgan ekologik muammolarga qaratish maqsadida Toshkent shahri markazida #TozaHavoKerak fleshmobini o‘tkazishdi.

Buxoroda bolasini beshikka bog‘lagan holatda qiynab kelgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi

Mazkur holat Bolalar ombudsmani nazoratiga olindi.

O‘zbekistonda yagona transport-logistika operatorini yaratish taklif etilmoqda

Elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga butlovchi qismlar hamda xom ashyoni import qilishda transport xarajatlarining 50%i qoplab berilishi mumkin. Bu bo‘yicha tizim joriy etiladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Садыр Жапаров принял председателя Национального банка Швейцарии
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бишкеке прошел открытый форум «Образование, меняющее эпоху»
      вчера в 19:10   Кыргызстан
    Садыр Жапаров сделал заявление для СМИ по итогам переговоров с Председателем Совета Министров Того Фором Эсcозимной Гнассингбе
      вчера в 18:25   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев встретился с Президентом Туркменистана Сердаром Бердымухамедовым
      вчера в 17:40   Кыргызстан
    В селе Панфиловское открыли отреставрированный памятник Ивану Панфилову
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Какую позицию займёт официальный Казахстан после варварского удара Украины по спящим детям в Старобельске?
      вчера в 19:58   Казахстан
    Таджикистан и Азербайджан создают совместный деловой совет
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda $3 mlrdlik 20 ta yangi loyihani ko‘rib chiqmoqda
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Termizda 217 tup daraxt noqonuniy kesilishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi
      вчера в 22:30   Узбекистан
    Баходур Шерализода в Нью-Йорке и Вашингтоне встретился с партнёрами по развитию и международными институтами климатического сотрудничества
      вчера в 22:20   Таджикистан