• 13 ноября 2023 в 22:30
  • 0
  • 0

13-noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

O‘zbekistonda 300 nafar bola bir yoshga to‘lmasdan vafot etgan

O‘zbekistonda chaqaloqlar o‘limi ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Maʼlumotlarga ko‘ra, egizak tug‘ilgan bir yoshgacha bo‘lgan bolaning o‘lim xavfi 6,05 foizga yuqori.

Turkiya kompaniyasi O‘zbekistonda yo‘l qoidabuzarliklarini qayd etuvchi foto va video qurilmalar o‘rnatadi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Turkiyaning “Albayrak Holding” kompaniyasi Koordinatori Erdal Nalbant bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekiston shaharlarida “Yo‘l harakati qoidabuzarliklarini aniqlashning avtomatlashtirilgan foto va video qurilmalarini o‘rnatish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi ko‘rib chiqildi.

Toshkent shahrida Milliy gvardiya xodimi chiqindini belgilanmagan joyga tashlagan fuqaro bilan janjallashdi

Holat yuzasidan Milliy gvardiya Toshkent shahri bo’yicha boshqarmasi izoh berdi.

Vafo Jabr Nosir al-Busaidiy Ummon sultonligining Oʻzbekistondagi elchisi etib tayinlandi

Elchi 13-noyabr kuni Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashib, unga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.

MIBning Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan o'tgan 10 oy davomida 414,5 mlrd so‘m soliq qarzdorligi undirildi

Joriy yilning o‘tgan davrida Jizzax viloyatida ish yurituvda bo‘lgan soliq undiruvlariga oid 31 mingdan ortiq ijro hujjatlari tamomlanib, 414,5 mlrd so‘m soliq qarzdorligi undirilgan.

Tanzila Narbayeva BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Ibrohim Tiau bilan uchrashdi

Muloqot davomida ko‘lami global tarzda kengayib borayotgan cho‘llanish va yer degradatsiyasi, chang bo‘ronlarining oldini olish, bioxilma-xillikni saqlab qolish yo‘nalishida BMTning ixtisoslashgan tuzilmalari bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Dronlardan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik liberallashtirilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida ushbu masala ko'rib chiqilib, tegishli qonun qabul qilindi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yangi yo‘l qurilishi rejalashtirilmoqda

Beyneu-Shalqar avtomobil yo‘li ikki davlatning g‘arbiy hududlarini bog‘lashi belgilangan.

9 oyda xususiy sektorda ishlovchi 12 ming nafar ayolga 24,6 mlrd soʻm homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlab berildi

2022-yil 1-sentabrdan boshlab xususiy sektorda ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish nafaqalarini Oʻzbekiston davlat budjetidan toʻlash tizimi joriy etilgan edi.

O'zbekistondagi 11 ta tuman tibbiyot birlashmalarida 22 ta holatda mavjud vakant lavozimlarga ochiq tanlovlarsiz xodimlarni ishga olish holatlari aniqlandi

Shuningdek, noqonuniy ishga qabul qilinganlar bo‘yicha 22 ta buyruq bekor qilinib, tashkilotlarning Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limlari boshliqlariga intizomiy chora qo‘llash uchun viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga taqdimnoma kiritildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан