• 11 ноября 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

11-noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida O‘zbekistonning eng yirik hamkori Qozog‘iston bo‘lib, umumiy yuk tashuvlardagi ulushi 72 foizni (11,2 million tonna) tashkil etadi.

Markaziy bank: To‘qqiz oyda mikrokreditlar berish hajmi oshdi

Mikrokreditlar qariyb uchdan ikki qismga — 7,44 trln so‘mdan 12,26 trln so‘mga oshdi. Aholiga eng ko‘p mikrokreditlar iyun oyida berilgan.

MMA: Terma jamoamiz yoshlar va kattalar o‘rtasida birinchi bo‘ldi

O‘zbekiston ilk bor mezbonlik qilgan aralash jang san’ati (MMA) turlari bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi.

Toshkentda ko‘chalardagi noqonuniy reklama banerlari demontaj qilinyapti

Jumladan, Mirobod tumani markaziy ko‘chalarida "poytaxt tashqi qiyofasi ko‘rkamligini saqlab qolishga hamda ko‘chalarda xavfsizlikni oshirishga yo‘naltirilgan reyd tadbirlari" o‘tkazilmoqda.

9 oyda O'zbekistonga qariyb 15 ming tonna limon import qilindi

O'zbekistonga 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida xorijdan qiymati 3,4 mln dollarga teng bo'lgan 14 837 tonna limon import qilingan.

Bandlik vazirligi nogironligi bo‘lganlarni ishga qabul qilganlar uchun tanlov e’lon qildi

G‘oliblar vazirlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan BHMning 100 baravari (37,5 mln so‘m) miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Shavkat Mirziyoyev Ar-Riyodda Saudiya Arabistoni energetika vaziri bilan uchrashdi

Qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish va "yashil" energetika sohasida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Toshkentda devorlarga narkografit rasmlar chizgan o‘smirlar ushlandi

Toshkent shahrida ko‘p qavatli uy devorlariga giyohvand modda sotuvchi kanal manzilini chizgan o‘smirlarning ishi sudga yuborildi.

O‘zbekiston Turkiya bilan E-Permit tizimini ishga tushirdi

11-noyabrdan ikki tomonlama va tranzit yuk tashish uchun ruxsatnoma blankalari faqatgina elektron shaklda beriladi.

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid al-Falihni qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini qayd etdi.

O‘zbekistonda ichimlik suvi uchun to‘lovlarni faqat elektron shaklda amalga oshirishga o‘tiladi

O‘zbekistonda 2024-yil 1-dekabrdan ichimlik va oqova suv xizmatlari to‘lovlari faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

"O‘zbekistonda LGBT targ‘ibotini taqiqlash bo‘yicha qonun qabul qilish ustida ishlayapmiz" — Alisher Qodirov

Milliy tiklanish DP MK raisi Alisher Qodirov Donald Trampning maktablarda LGBT targ‘ibotini moliyalashtirishni to‘xtatish haqidagi so‘zlariga izoh berdi.

Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekiston urushda jabrlangan falastinlik bolalar va ayollarni o‘z shifoxonalarida beg‘araz davolashga tayyor

Prezident Shavkat Mirziyoyev navbatdan tashqari arab-islom sammitida nutq so‘zladi. Davlat rahbari Falastin-Isroil muammosini tinchlik va diplomatiya yo‘li bilan hal etishga qaratilgan barcha amaliy tashabbuslarni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошел антикоррупционный форум
      02 июля 2025 в 11:10   Кыргызстан
    Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev "Zagulba" qarorgohida tor doirada uchrashuv o'tkazdi
      02 июля 2025 в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан представлен в жюри Международного кинофестиваля ШОС
      01 июля 2025 в 13:55   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял министра иностранных дел Таджикистана
      01 июля 2025 в 09:40   Кыргызстан
    ОшГУ расширяет сотрудничество с Евразийским национальным университетом имени Л.Н. Гумилева
      вчера в 19:10   Кыргызстан
    Кыргызстан и Китай укрепляют сотрудничество в сфере общественной безопасности
      02 июля 2025 в 09:40   Кыргызстан
    Raqamli texnologiyalar sohasidagi rejalar taqdimot qilindi
      01 июля 2025 в 23:05   Узбекистан
    МВД КР уделяет особое внимание укреплению дружбы между народами и сохранению межэтнического согласия в обществе
      01 июля 2025 в 08:10   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев поздравил спасателей страны с профессиональным праздником
      01 июля 2025 в 07:10   Кыргызстан
    В районе Рудаки выявили 933 случая нарушения правил пользования электроэнергией
      01 июля 2025 в 21:50   Таджикистан