• 11 ноября 2023 в 22:30
  • 0
  • 0

11-noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Yolg'ondan tez yordam chaqirganlarga bir chaqiruv xarajati miqdorida jarima qo'llash taklif etilmoqda

O‘zbekistonda tez tibbiy yordamga yolg‘on chaqiruv bo‘lganda buni sodir etganlarga tegishli bitta chaqiruv xarajati miqdorida jarima qo‘llash taklif etilmoqda. Mazkur taklif Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan 2024−2026-yillarga mo‘ljallangan budjetnomada keltirib o‘tilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bir guruh tibbiyot xodimlarini mukofotladi

Davlat rahbarining “Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.

Poytaxt tarkibida Yangi Toshkent tumani tashkil etiladi

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridan Toshkent shahriga o‘tkaziladigan qariyb 20 ming gektar (shuning qariyb 13 ming gektari qishloq xo‘jaligi yerlari) hududda Yangi Toshkent tumani tashkil etiladi. Bu to‘g‘ridagi tegishli qaror loyihasi eʼlon qilindi.

Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi 

Bugun, soat taxminan 7:00 larda O‘sh avtomobil yo‘lining 222 km.da "Vodiy-Toshkent" yo‘nalishida qatnovchi yuk mashinasida yong‘in kelib chiqqan. Shu sababli soat 07:55 da ushbu yo‘nalishda avtotransportlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan.

Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda Farg‘onada “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish rejalashtirilmoqda

“Aqlli transport”, “aqlli energetika tizimi”, “aqlli suv va gaz ta’minoti” va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladigan ushbu loyihaning joriy qilinishi yagona raqamli muhitni shakllantirish orqali hududlarni boshqarish samaradorligini oshiradi.

BMT ekspertlari Dauletmurat Tajimuratovning ahvolidan chuqur xavotirda ekanliklarini bildirdi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili - Ombudsman ushbu holatni mutlaqo asossiz ekanligini ma'lum qildi. "Yuqoridagi kabi masalalar yuzasidan munosabat bildirayotgan barcha mustaqil ekspertlar, xalqaro tashkilotlar va OAVdan eʼlon qilayotgan chaqiruv va postlarini tayyorlashda rasmiy maʼlumotlar va asoslantirilgan faktlarga tayanishlarini so‘raymiz", - deyiladi Ombudsman xabarida.

Bunyod Rajabov Urganch shahri hokimi lavozimiga tayinlandi

Tayinlovga qadar u Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Italiya prezidenti Serjo Mattarella Registon maydonida sayohat qildi 

Registon majmuasidagi Sherdor madrasasida Serjo Mattarellaga O‘zbekiston-Italiya arxeologik eskpeditsiyasi tomonidan Samarqand tumanidagi Kofirqalʼa arxeologik obyektidan topilgan noyob tarixiy ashyolar namoyish etildi. Shuningdek, yigirma yildan buyon faoliyat olib borayotgan mazkur qo‘shma ekspeditsiyaning rejalari haqida maʼlumot berildi.

Tarixda ilk bor kamondan otish bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi Olimpiada litsenziyasini qo’lga kiritdi

Kamondan otish bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi Tailandda o’tayotgan Parij-2024 litsenzion turnirida Olimpiada yo’llanmasini qo’lga kiritdi.

O'zbekistonda kibersport bo‘yicha hukumat kubogiga arizalar qabul qilinmoqda

Ushbu musobaqada ikkita mashhur o'yin bo'yicha bo'lib o'tadi: Counter-Strike 2 va Dota 2. Ro'yxatdan o'tish 16-noyabrga qadar davom etadi.

O‘zbekiston va Italiya birinchi ledilarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Samimiy va do‘stona muhitda o‘tgan suhbat davomida mamlakatlarimiz xalqlari o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro anglashuvni yana-da mustahkamlash, madaniy va gumanitar aloqalarni rivojlantirish to‘g‘risida fikr almashildi.

O‘zbek sambochi qizlari ilk bor jahon chempionatida oltin medallarni qo‘lga kiritdi  

Hali O‘zbekiston sambochi qizlari kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medal qo‘lga kiritishmagandi.

Nurafshon shahrida "Jurnalistlar bogʻi" tashkil etildi

Aksiya doirasida Nurafshon shahri stellasi atrofidagi koʻkalamzorlashtirish uchun moʻljallangan 6.8 gektar maydon jurnalist va blogerlar mehnati bilan obod etildi. Jarayonda hududning tuproq iqlim sharoitiga mos boʻlgan 6 ming 400 tup pavloniya, bagryanik, yasin va safora nihollari oʻtqazildi. Ushbu aksiyada "Uzreport" jamoasi ham qatnashdi.

Oʻzbekistonda “Bag'rikenglik haftaligi” oʻtkaziladi

13–19-noyabr kunlari respublikaning barcha hududida “Bagʻrikenglik haftaligi”ni oʻtkazadi.

Toshkent viloyatida kadastrlar palatasining tumandagi xodimi $15 ming pora bilan ushlandi

DXX yer maydonlarini noqonuniy tarzda sotayotganlarni qo‘lga olmoqda. Xususan, Kadastrlar palatasining tumandagi xodimini 15 ming AQSH dollari olayotganda ushlandi.

Rossiyada qarovsiz qolib ketgan 12 nafar voyaga yetmagan bolalar O‘zbekistonga olib kelindi

Turli sabablar bilan qarovsiz qolib ketgan 12 nafar bola Toshkent shahar IIBBning voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga va mehribonlik uylariga joylashtirildi.

O‘zbekistonda 1-yanvardan mikroqarzlarning eng yuqori miqdori 100 mln so‘mgacha oshiriladi

Joriy yil 10-noyabr kuni “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda mikromoliya xizmatlarining o'rni va ulushini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qasddan penalti belgilagan hakam umrbodga hakamlikdan chetlatildi

“Buxoro- Olimpik” uchrashuvini boshqargan bosh hakam 100-daqiqada penalti belgiladi va bu uchrashuv natijasiga ta’sir qildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Книжная ярмарка проходит в Яванском районе
      17 апреля 2025 в 13:55   Таджикистан
    Кинологи МВД Кыргызстана заняли призовые места на международных соревнованиях
      17 апреля 2025 в 11:10   Кыргызстан
    Пресс-служба МВД Кыргызстана: 41 год на службе обществу и государству
      вчера в 15:10   Кыргызстан
    Садыр Жапаров: Мы придаём первостепенное значение развитию социальной сферы
      16 апреля 2025 в 16:55   Кыргызстан
    Жээнбек Кулубаев принял Постоянного представителя JICA Хироюки Кавамото в связи с завершением его дипломатической миссии
      16 апреля 2025 в 09:40   Кыргызстан
    Prezident har yili Bobur shahrida rassomlar festivalini o‘tkazishni taklif qildi. G‘oliblarga avtomobil beriladi
      16 апреля 2025 в 23:05   Узбекистан
    Rossiya tashqi ishlar vaziri 22-aprelda O‘zbekistonga keladi
      17 апреля 2025 в 23:05   Узбекистан
    Первый Вице-президент Исламской Республики Иран ознакомился с историей и цивилизацией таджиков
      16 апреля 2025 в 13:55   Таджикистан
    В Бишкеке прошел конкурс исследовательских проектов школьников
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    В Оше прошел концерт популярных исполнителей и артистов из Узбекистана
      16 апреля 2025 в 16:10   Кыргызстан