• 10 мая 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

10-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Sergeli tumanidagi avtotyuning ustaxonasi qarshisida yuqori tezlikda harakatlangan KIA haydovchisi 27 yoshli piyodani urib yubordi. U shifoxonada vafot etgan.

Prezident uchrashgan boyovutlik otaxonga uy sovg‘a qilindi

101 yoshli otaxon O‘skan ota Hojimanov ayni paytda davolanayotgani bois, kechaning o‘zida xonadon uning kelini va nabiralariga topshirildi.

O‘zbekiston elchixonasi Dehli xalqaro aeroportida qo‘lga olingan fuqarolar bilan bog‘liq surishtiruv ishlarini nazoratga oldi

Hozir ularga nisbatan surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda.

Prezident charm, gilam va pillachilik sanoatida hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar borligini aytdi

Yig‘ilishda ayrim vazir va hokimlar bu soha tadbirkorlarini eshitmayotgani, tayyor imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalana olmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

“Charmsanoat” uyushmasi faoliyatini tubdan oʻzgartirish zarur — Shavkat Mirziyoyev

Sohada yangi loyihalar uchun 40 million dollar arzon resurs ajratilgani, xalqaro kredit liniyalaridan 100 million dollar jalb etilganiga qaramay, mutasaddilar bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Sharof Rashidov va Ohangaron tumanlarida bittadan yirik charm klasteri tashkil etiladi

Xorijiy brend jalb qilgan har bir korxonaga sorsing kompaniyalari uchun sarflangan xarajatni 30 ming dollargacha qismini qoplab berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Ikromjon Tursunov Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi

Ikromjon Tursunov bundan oldin Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Davlat rahbari ipakchilikdagi muammo va imkoniyatlarga to‘xtalib o‘tdi

Dunyoda ipak mahsuloti importini 45 foizi to‘g‘ri kelayotgan Yevropa bozoriga chiqish muhimligi qayd etildi. Eksportda ipakdan tayyor mahsulot ulushini, jumladan, pillani chuqur qayta ishlab, tayyor ipak mahsulotlari, mato va uy tekstili ishlab chiqaradigan quvvatlarni ko‘paytirish zarur.

Prezident farmoni bilan pilla xarid narxi 25 foizga oshirildi

Pillakorlar daromad va ijtimoiy soliqlardan ozod qilindi, tutzorlar uchun yer solig‘ining 10 foizi to‘lanadi.

Davlat rahbari sohadagi korxonalar rahbarlari bilan muloqot qilib, ularning muammolari va takliflarini eshitdi

Mutasaddilarga ishlab chiqaruvchilarga Yevropa bozorlariga chiqish uchun talab etiladigan sertifikat olishiga ko‘maklashish topshirildi.

Yil oxirigacha mehnat migratsiyasidan 250-300 ming nafar fuqaro qaytishi prognoz qilinmoqda

Ularni ishga joylashtirish, ijtimoiy masalalariga ko‘maklashish muhimligi taʼkidlandi. Mutasaddilarga migratsiya bo‘yicha yagona axborot platformasini yaratib, “mahalla yettiligi” tizimi bilan integratsiya qilish, xorijda mehnat qilayotgan va qiyin vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarimizga ko‘maklashish, qaytgan fuqarolarni ishga joylashtirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Uzbekistan Airports fuqarolarni lazer nurlarini havo kemasiga yo‘naltirishdan ogohlantirdi

Havo kemalarining uchishi va qo‘nishi vaqtida lazer nurlarini havo kemasiga yo‘naltirish holatlari ko‘payib bormoqda. Shu munosabat bilan fuqarolarning bunday xatti-harakatlari uchun O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 116(1)-moddasida javobgarlik nazarda tutilganligi eslatib o‘tilmoqda.

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

"O'zgidromet" xizmati dam olish kunlari respublika bo'ylab kutilayotgan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.

Samarqandda 8-sinf o‘quvchisi ona bo‘ldi

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganib, o‘z kuzatuviga oldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jahon banki: O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 2 barobarga qisqargan

Bunda o‘rta daromadli mamlakatlarning yuqori guruhiga kiruvchi davlatlar uchun foydalaniladigan xalqaro kambag‘allik chegarasi bo‘yicha O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 2015-yildagi 35,9 foizdan 2022-yilda 17,3 foizgacha pasayib, 5,1 million aholi kambag‘allik holatidan chiqarildi.

Avtomobillar uchun audio-radio qurilmalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish rejalashtirilmoqda

Turkiya kompaniyasi bilan hamkorlikda O'zbekistonda avtomobillar uchun audio-radio qurilmalarini ishlab chiqarish mahalliylashtiriladi.

Ixcham issiqxona o‘rnatishga beriladigan subsidiyalar miqdori o‘zgartirildi

Endilikda subsidiya miqdori uch tomonlama shartnoma shartlari asosida belgilanadi.

Toshkent viloyatida kadastr xodimi kaltaklandi

Holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ayni paytda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    O‘zbekistonda 2025-yilda CITES tomonlar konferensiyasining 20-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
      20 декабря 2024 в 23:05   Узбекистан
    В Эр-Рияде обсуждён вопрос сотрудничества Таджикистана и Саудовской Аравии в сфере защиты прав человека
      21 декабря 2024 в 22:50   Таджикистан
    Асель Чынбаева обсудила пилотирование ваучерного механизма в дошкольном образовании
      сегодня в 09:40   Кыргызстан
    O‘zbekistonning janubi-sharqida ikkita yangi arxeologik yodgorlik aniqlandi
      20 декабря 2024 в 22:40   Узбекистан
    Садыр Жапаров выразил соболезнования Федеральному Президенту ФРГ
      вчера в 19:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошел чемпионат города по стрельбе из лука
      сегодня в 19:10   Кыргызстан
    Tayson Fyuri: Usik hakamlardan Rojdestvo sovg‘asini oldi
      вчера в 17:50   Узбекистан
    Toshkentda O'zbekiston–Misr hukumatlararo qo'shma komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tadi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Городской библиотеке №17 присвоено имя венгерского поэта Шандора Петефи
      сегодня в 16:10   Кыргызстан
    Abduqodir Husanov eng yosh, Hasanboy eng yaxshi erkak sportchi, Keldiyorova eng yaxshi ayol sportchi — o‘zbek sportidagi yilning eng yaxshilari aniqlandi
      сегодня в 17:50   Узбекистан