• 30 декабря 2025 в 23:05
  • 19
  • 0

Zamonaviy turar joy majmuasining qurilishi bilan tanishildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasida taʼkidlaganidek, joriy yilda 8 million 100 ming kvadrat metr koʻp qavatli uylar qurilib, aholiga topshirilmoqda. Umuman, soʻnggi toʻqqiz yilda 210 million kvadrat metrli turar joy va noturar joy obyektlari foydalanishga topshirildi.

Yangi Toshkentda ham keng koʻlamli uy-joy qurilishi boshlab yuborilgan. Birinchi bosqichda 600 ming aholi uchun zamonaviy infratuzilma barpo etilishi belgilangan. Loyiha toʻliq yakunlanganda esa Yangi Toshkent 2 million nafar odam yashaydigan ulkan megapolisga aylanadi.

Ularning uy-joyga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash borasidagi birinchi qadam “Sharq bahori” turar joy majmuasidir. Majmua mintaqamizdagi eng yirik uy-joy loyihalaridan biri hisoblanadi. 95 gektar hududda 15 mingga yaqin xonadondan iborat koʻp qavatli uylar quriladi.

Bugunga qadar bu yerda 18 million kvadrat metrdan ortiq qurilish ishlari bajarildi. Bunda “A+” energiya tejamkorlik toifasidagi zamonaviy materiallar qoʻllanmoqda.

Majmuada 15 mingdan ortiq daraxt va koʻchatlardan iborat yashil hudud tashkil qilish ham rejalashtirilgan. Shuningdek, avtonom isitish va sovitish tizimlari boʻladi, tom qismlari toʻliq quyosh panellari bilan qoplanadi.

Aholining shaxsiy transport vositalarini saqlashi uchun uylarning yer osti qismlarida avtoturargohlar tashkil etiladi. Majmuadan 5-10 daqiqalik masofada bogʻ, metro bekati, maʼmuriy binolar va ijtimoiy muassasalar qayd rostlaydi.

Prezidentimiz tayyor xonadonlardan biriga kirib, sharoitlar bilan tanishdi, Yangi Toshkent aholi uchun har tomonlama qulay uy-joy qurishda butun mamlakatimizga namuna va tajriba maktabi boʻlishi kerakligini taʼkidladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан