• 05 марта 2024 в 23:05
  • 9
  • 0

Zafarobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bugun xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Unda tashkiliy masala koʻrildi.

Sessiyada Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev kun tartibidagi masala yuzasidan soʻzga chiqdi.

Tanqidiy ruhda oʻtgan sessiyada viloyat hokimi Ergash Saliyev keyingi yillarda   tumanda olib borilgan ishlar, yutuqlar barobarida, islohotlarni amalga oshirishda yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni sohalar boʻyicha birma-bir tanqidiy tahlil qildi.      

Sessiyada viloyat hokimi Ergash Saliyev Zafarobod tumani hokimi lavozimiga tavsiya etilgan nomzod - Gʻayratjon Eshpulatovni tanishtirdi.

G‘ayratjon Eshpulatov shu vaqtgacha Paxtakor tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

Muzokarada soʻzga chiqqanlar tumanning yangi tayinlangan hokimi bilan, hududni obod qilish, aholi turmush farovonligini yanada oshirishga hissa qoʻshishlarini taʼkidlashdilar.

Viloyat hokimining Gʻayratjon Eshpulatovni Zafarobod tumani hokimi etib tayinlash toʻgʻrisidagi qarori deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Завтра откроется 14-я Международная выставка «Книга Душанбе»
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    FIDE ilk bor o'tkazayotgan U7–U17 Jahon chempionatida 13 nafar o'zbekistonlik yoshlar ham qatnashmoqda
      сегодня в 17:50   Узбекистан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял Председателя Милли Меджлиса Азербайджана
      сегодня в 13:40   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан