• 30 июля 2024 в 23:05
  • 5
  • 0

Yusuf Qobuljonov O‘zbekistonning Vladivostokdagi bosh konsuli etib tayinlandi

28-iyul kuni yaqinda O‘zbekistonning Vladivostokdagi bosh konsuli lavozimiga tayinlangan Yusuf Qobuljonov Rossiyaning Primorsk o‘lkasi Inson huquqlari bo‘yicha vakili Yuriy Melnikov va IIVning hudud bo‘yicha rahbariyati bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda “Dunyo”AA.

Primorsk o‘lkasi ombudsmani bilan muloqotda mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik, shuningdek, mazkur hududda vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi.

Konsul Rossiya Ichki ishlar vazirligining Primorsk o‘lkasi rahbariyati bilan O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyada bo‘lishi masalalari, fuqarolar huquqlarining buzilishi holatlari yuzasidan fikr almashdi.

"O‘zbekiston fuqarolari huquqlari buzilishining oldini olish maqsadida tegishli organlarda tushuntirish va profilaktika ishlarini olib borish, huquqbuzarliklarini oldini olish uchun o‘zbekistonliklar o‘rtasida targ‘ibot tadbirlarni muntazam o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi", deyiladi xabarda.

Yusuf Qobuljonov diplomatiya sohasida 2009-yildan buyon ishlaydi. 2009−2016-yillarda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ikkinchi kotibi, birinchi kotibi, vazirlik huzuridagi “Jahon” (hozirgi “Dunyo”) axborot agentligi direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

2016−2018-yillarda Tashqi ishlar vazirligi Madaniy-gumanitar aloqalar boshqarmasi boshlig‘i, 2018−2021-yillarda O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi (Rossiya) bosh konsuli sifatida faoliyat yuritgan, so‘ng 2023-yilgacha vazirlik matbuot xizmatini boshqargan.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан