• 09 января 2025 в 23:05
  • 13
  • 0

Yaponiya O'zbekistondagi uchta tibbiyot markazi uchun grant ajratdi

Sog‘liqni saqlash vazirligida Yaponiyaning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Xatori Takashi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki tomonlama hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar haqida so‘z bordi.

Taʼkidlanganidek, Yaponiya O‘zbekistonning ishonchli hamkori bo‘lib, kunchiqar mamlakat hukumati ko‘magida yurtimiz tibbiyot muassasalarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish, kadrlar tayyorlash kabi yo‘nalishlarda qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov Yaponiya tomonidan mamlakatimiz uchun taqdim etilgan zamonaviy diagnostika uskunalari bilan jihozlangan maxsus tibbiy konteynerlar olis hududlarda yashovchi yurtdoshlarimizni ham zamonaviy tibbiy xizmatlar bilan qamrab olish imkonini berayotganligini bildirdi.

Yaponiyaning “Sojitz” korporatsiyasi bilan hamkorlikda joriy yilda davlat-xususiy sheriklik asosida Samarqand shahrida 800 o‘rinli klinikaning qurilishi boshlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu Samarqand viloyati aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yana-da yaxshilash imkonini beradi.

Ushbu davlatning bir qancha tibbiyot oliygohlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, qo‘shma taʼlim dasturlari asosida tibbiyot mutaxassislari tayyorlanmoqda. Uchrashuvda tibbiy taʼlim sohasidagi o‘zaro aloqalarni yana-da kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Yaponiya tomonidan “Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam” dasturi doirasida yurtimiz tibbiyot muassasalariga zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar xarid qilish uchun grantlar ajratib kelinayotgani ularning moddiy-texnik bazasini yana-da mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Uchrashuvda mazkur dastur doirasida yana uchta loyiha bo‘yicha grant shartnomalari imzolandi.

Shunga ko‘ra, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali, Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika perinatal markazini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlash uchun grant mablag‘lari ajratiladi.

Muloqot chog‘ida Xatori Takashi Yaponiya bundan keyin ham O‘zbekistonda yuqori sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashga hissa qo‘shishda davom etishini maʼlum qildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    МЧС в Токмоке высадило 354 саженца деревьев
      27 октября 2025 в 11:10   Кыргызстан
    Geologiya sohasining salohiyati ilg‘or kompetensiyalar asosida oshiriladi
      27 октября 2025 в 23:05   Узбекистан
    Адылбек Касымалиев провёл встречу с Вице-президентом ЕБРР Маттео Патроне
      вчера в 12:55   Кыргызстан
    Rustam Qosimjonov O‘zbekiston shaxmat terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
      28 октября 2025 в 17:50   Узбекистан
    Эдиль Байсалов принял Посла Германии
      вчера в 17:40   Кыргызстан
    O‘zbekiston va Serbiya Prezidentlari Qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar
      28 октября 2025 в 23:05   Узбекистан
    Садыр Жапаров открыл учебно-тренировочный центр ГКНБ в Джалал-Абадской области
      27 октября 2025 в 19:10   Кыргызстан
    Обсуждён вопрос проведения Дней культуры Китая в Таджикистане
      28 октября 2025 в 13:55   Таджикистан
    Министерство обороны Кыргызстана отметило День памяти событий в Баткене 1999–2000 годов
      27 октября 2025 в 09:40   Кыргызстан
    Эдиль Байсалов встретился с Послом Японии
      27 октября 2025 в 17:40   Кыргызстан