• 29 июня 2024 в 23:05
  • 0
  • 0

XXR universitetlari bilan geofazoviy texnologiyalarni rivojlantirish borasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

25–26-iyun kunlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori, texnika fanlari doktori, Baxtiyor Pulatov Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti Pekin shahrida boʻlib oʻtgan "Geofazoviy aqilli dasturiy ta’minot texnologiyalari" mavzusidagi xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi.

Konferensiyada “Oʻzbekistonda geofazoviy texnologiyalarning ekologik tadqiqotlardagi oʻrni: muammo va yechimlar” mavzusida taqdimot qilindi. Shuningdek, qator universitet va tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, konferensiya doirasida Xitoy Fanlar Akademiyasining Geografiya fanlari va tabiiy resurslar tadqiqoti instituti bilan o‘zaro Anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu memorandumda ikki ilmiy tashkilot o‘rtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish, jumladan, atrof-muhit fanlari, ekologiya, transchegaraviy ekologik muammolar tadqiqoti, bioxilma-xillikni saqlash, iqlim o‘zgarishi hamda doktorantlar va ilmiy xodimlar o‘rtasida almashuv dasturlari, trening va vorkshoplar ko‘zda tutilgan.

Shuningdek,  mazkur memorandumda ikki tomon uchun foydali bo‘ladigan ilmiy, amaliy va xalqaro loyihalarni birga bajarish va muvaffaqiyatli realizatsiya qilish maqsadida qo‘shma laboratoriyaga asos solish, tajriba stansiyalarini zamonaviy tadqiqotlarga mutanosib jihozlash kabi masalalarga ham e’tibor qaratilgan.

Bundan tashqari, “Beihang” universiteti bilan ham hamkorlik o‘rnatildi. Hamkorlik doirasida sunʼiy yo‘ldoshlarni ishlab chiqarishda geoaxborot tizimlari va masofadan zondlash texnologiyalarini qo‘llash, jumladan, bu sohada Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (“Green University”) talabalarini almashinuv dasturlari doirasida “Beihang” universitetiga yuborish hamda o‘zaro Anglashuv memorandumini imzolash masalasi muhokama qilindi.

Shu bilan birga, Xitoyni kosmik tadqiqotlarni amalga oshirishda dasturiy ta’minot bilan qo’llab-quvvatlovchi SuperMap Software kompaniyasi va muntazam turli o‘lchamdagi sunʼiy yo‘ldoshlar bilan taʼminlovchi “MinoSpace” kompaniyasi vakillari bilan ham uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuvda sunʼiy yo‘ldoshlarni ishlab chiqarishda malaka oshirish masalasiga e’tibor qaratildi. 

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston fazoga ekologiya va atrof-muhit sohasiga oid bo’lgan sun’iy yo‘ldoshni uchirish bo‘yicha dastlabki qadamlarini tashlamoqda.

Ma’lumot uchun, ushbu konferensiya har yili Xalqaro tadqiqotchilar Federatsiyasi (FIG), BMTning Global geografik bilim va innovatsiyalar markazi (UNGGKIC), Xitoy davlat idoralari va yetakchi akademik uyushmalari hamda XXR tabiiy resurslar vazirligining geografik axborot tizimi texnologiyalari innovatsion markazi hamkorligida oʻtkaziladi. Maqsad — geofazoviy axborot tizimlari va geografik tadqiqotlar sohasida Osiyo qitʼasi hamda butun dunyoda amalga oshirilayotgan eng soʻnggi innovatsion loyihalar yuzasidan ushbu soha vakillari oʻrtasida fikr almashishdir.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Адылбек Касымалиев поздравил сотрудников и ветеранов милиции с профессиональным праздником
      01 ноября 2025 в 11:10   Кыргызстан
    Кинопремия «Бриллиантовая бабочка» подчеркивает уникальные культурные особенности народов разных стран
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Ayrim ma’muriy huquqbuzarlikni ko‘rib chiqish sudlardan Ijtimoiy inspeksiyaga o‘tkaziladi
      01 ноября 2025 в 23:05   Узбекистан
    В Кыргызстане задержана организатор финансовой пирамиды, действовавшей под брендом «SkyWay»
      сегодня в 12:55   Кыргызстан
    Тынчтык Шайназаров встретился со Специальным координатором миссии ПА ОБСЕ
      сегодня в 17:40   Кыргызстан
    Областной фестиваль «Национальная одежда – символ цивилизации и национальной культуры»
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Жээнбек Кулубаев провел встречу с Послом ФРГ
      01 ноября 2025 в 09:40   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев поздравил работников сферы культуры с профессиональным праздником
      сегодня в 11:10   Кыргызстан
    Президент Республики Таджикистан поручил принять меры для увеличения поступлений в государственный бюджет
      01 ноября 2025 в 21:50   Таджикистан
    Главы МИД Таджикистана и Узбекистана провели встречу
      01 ноября 2025 в 22:20   Таджикистан