• 21 июля 2025 в 23:05
  • 22
  • 0

Ukrainaning favqulodda va muxtor elchisi Nikolay Doroshenko O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda

Ukrainaning favqulodda va muxtor elchisi Nikolay Doroshenko O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda. Bu haqda u Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida maʼlum qildi.

«Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy diplomatik korpus rotatsiyasi doirasida mening O‘zbekistondagi missiyamni yakunlash to‘g‘risida farmon qabul qildi. Bu mamlakatim rahbariyatiga, xalqimga bo‘lgan ishonchning eng yuqori darajasi va men buni oqlash uchun qo‘limdan kelganini qildim», — deb yozdi u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, u O‘zbekistondagi faoliyati davomida mamlakat uchun og‘ir damlarda uning manfaatlarini ifodalash va himoya qilish sharafiga muyassar bo‘ldi.

«Ishimga baho berish huquqini boshqalarga qoldiraman, o‘z nomimdan faqat shuni aytamanki, qilgan ishim uchun uyalmayman… Mening vazifam haqiqatni aytish, haqiqatni o‘zbek jamiyatiga yetkazish, ularga bugungi kunda Ukraina qanday yashayotganini tushuntirish edi. Umid qilamanki, mehnatim tufayli o‘zbek muhitida haqiqat urug‘lari ko‘proq unib chiqadi», — dedi u.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан