Toshkent shahar prokuraturasi xabariga ko‘ra, Toshkent shahrida joriy yilning 15 iyul kunidan 15 avgust kuniga qadar “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” nomi ostida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurash oyligi doirasida profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan, o‘tkazilgan saf tayyorgarligida shahar prokurori vazifasini bajaruvchi A. O‘rmonov, shahar IIBB boshlig‘i R. Sultonxodjayev va tegishli HMQO rahbarlari ishtirok etib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berilgan.
Eslatib otamiz, poytaxtning bundan avvalgi prokurori Erkin Yo‘ldoshev Prezident administratsiyasi Komplayens xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.