• 16 мая 2024 в 23:05
  • 5
  • 0

“Tirik tarix” nomli turkum filmlar yaratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Kinochilar saroyini borib ko‘rdi.

Ushbu maskan 2021-yil mukammal ta’mirlanib, sharoitlari yangilandi. Katta-kichik zallar, yozgi kinoteatr va xonalar zamonaviy jihozlandi. Bugun bu yerda jami 3 ming nafar tomoshabinni qabul qilish imkoni mavjud.

Davlat rahbari dastlab O‘zbekiston kino san’ati muzeyini ko‘zdan kechirdi. Muzey 1972-yilda tashkil etilgan bo‘lib, ilgari muzey-arxiv sifatida faoliyat yuritgan. Unda ellik mingdan ortiq tarixiy buyum, libos, rasm va kinotasmalar bor.

Endilikda muzey Kinochilar saroyiga ko‘chirilib, ko‘rgazmaga qo‘yildi. Birinchi qavatda o‘zbek kinosining tarixi va asoschilari, so‘nggi yillardagi yutuqlariga bag‘ishlangan. Ikkinchi qavatda tarixiy filmlardagi liboslar, atoqli kinoijodkorlar hayoti va faoliyati aks ettirilgan. Ahamiyatlisi, kino ko‘rish istagida kelgan borki, shu tarix bilan tanishib o‘tadi.

Shavkat Mirziyoyev shu yerda rejissyor va aktyorlar, kinoshunoslar, soha mutasaddilari bilan suhbatlashdi.

- So‘nggi yillarda milliy kinomiz qayta “uyg‘ondi”, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Yuqori saviyali, zamonaviy sifatli filmlar paydo bo‘ldi. Buning uchun sizlarga minnatdorlik bildiraman. Shu bilan birga, kinematografiyani rivojlantirish uchun yana nimalar qilishimiz kerak, degan savol meni o‘ylantiradi. Agar tariximizni dunyoga tarannum etmoqchi bo‘lsak, xalqimizning milliy g‘ururini ko‘tarmoqchi bo‘lsak, buni birinchi navbatda kino yordamida amalga oshirishimiz kerak, - dedi davlat rahbari.

Muloqotda Prezident tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Tirik tarix” turkumidagi filmlar loyihasi taqdimot qilindi.

Bu 2024-2030-yillarga mo‘ljallangan strategik dastur bo‘lib, eng qadimgi o‘tmishimizdan tortib, yaqin tariximizgacha bo‘lgan juda katta davrni qamrab oladi. Yaratilajak filmlarning mavzusi keng va rang-barang.

Jumladan, miloddan avvalgi VI asrda yashagan milliy qahramonimiz Shiroq haqida, milliy davlatchiligimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan Alp Er To‘nga, Sohibqiron Amir Temur va temuriylar haqida, shu paytgacha yetarli o‘rganilmagan shayboniylar haqida, qoraqalpoq shoiri Ajiniyoz va boshqa mashhur adiblar haqida, buyuk allomalarimiz va milliy istiqlol kurashchilari haqida hikoya qilinishi ko‘zda tutilgan.

Loyihada chet ellik hamkorlar, xususan, Ispaniya, Germaniya, Vengriya, Rossiya, Belarus, Turkiya, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Hindiston, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston kabi davlatlarning kino san’ati ustalari ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.

– Albatta, bu dastur va g‘oyalarni amalga oshirish uchun ko‘p moddiy imkoniyat talab etilishini, yuzlab iste’dodli mutaxassislar zarurligini ham barchamiz yaxshi bilamiz. Qanchalik qiyin bo‘lmasin, biz tom ma’nodagi ulkan, tarixiy bu loyihaning moliyaviy masalalarini hal qilamiz. Nega deganda, ushbu dastur shonli o‘tmishimizni chuqur anglab, shu asosda kelajakka ishonch bilan dadil qadam qo‘yishga, yoshlarni chinakam vatanparvar insonlar qilib tarbiyalab, Uchinchi Renessansni barpo etishga katta turtki bo‘ladi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Muloqotda kinoijodkorlar mazkur turkum filmlar va sohani rivojlantirish yuzasidan takliflarini bildirdi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Адылбек Касымалиев поздравил сотрудников и ветеранов милиции с профессиональным праздником
      01 ноября 2025 в 11:10   Кыргызстан
    Кинопремия «Бриллиантовая бабочка» подчеркивает уникальные культурные особенности народов разных стран
      02 ноября 2025 в 13:55   Таджикистан
    Ayrim ma’muriy huquqbuzarlikni ko‘rib chiqish sudlardan Ijtimoiy inspeksiyaga o‘tkaziladi
      01 ноября 2025 в 23:05   Узбекистан
    В Кыргызстане задержана организатор финансовой пирамиды, действовавшей под брендом «SkyWay»
      вчера в 12:55   Кыргызстан
    Тынчтык Шайназаров встретился со Специальным координатором миссии ПА ОБСЕ
      вчера в 17:40   Кыргызстан
    Областной фестиваль «Национальная одежда – символ цивилизации и национальной культуры»
      02 ноября 2025 в 22:50   Таджикистан
    Адылбек Касымалиев поздравил работников сферы культуры с профессиональным праздником
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    Narkojinoyatlarga qarshi kurashish, kiberxavfsizlik va prokuror nazorati sohalaridagi ishlarning samaradorligi yanada oshiriladi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Президент Республики Таджикистан поручил принять меры для увеличения поступлений в государственный бюджет
      01 ноября 2025 в 21:50   Таджикистан
    Главы МИД Таджикистана и Узбекистана провели встречу
      01 ноября 2025 в 22:20   Таджикистан