• 13 марта 2024 в 23:05
  • 7
  • 0

Timur Rahmonov O‘zbekistonning Latviyadagi elchisi etib tayinlandi

O'zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Timur Rahmonov bugun Latviya poytaxtiga tashrif buyurdi. 

Yangi tayinlangan elchi 2021-2024-yillarda mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi bosh konsul lavozimida ishlagan. Uning konsullik okrugiga Rossiyaning Sibir federal okrugi kirgan. 46 yoshli diplomat Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan.

Timur Rahmonov TIV tizimidagi faoliyatini 1999-yilda boshlagan. O'tgan yillar davomida u vazirlik markaziy apparatida, shuningdek, O'zbekistonning Polsha, Italiya va Ispaniyadagi elchixonalarida turli lavozimlarda ishladi. 2017–2018-yillarda esa Tashqi ishlar vazirligining Urganch shahri hududiy boshqarmasi boshlig'i, Xorazm viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.

Rus, ingliz, polyak, ispan tillarini mukammal biladi.

Timur Rahmonov O'zbekistonning Latviyadagi diplomatik missiyasi rahbari (2019–2024) hamda mamlakatimizning Litva (2021–2024), Estoniya (2020–2024) va Finlyandiyadagi (2020-2024) o'rindoshlik asosidagi elchisi (qarorgohi Riga shahrida) sifatida ishlagan Qadamboy Sultonov o'rniga tayinlandi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан