• 11 мая 2025 в 23:05
  • 16
  • 0

Tehron shahrida O‘zbekiston - Eron biznes forumi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 11-may kuni Tehron shahrida O‘zbekiston - Eron biznes forumi bo‘lib o‘tdi.

Uning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Eron Islom Respublikasi Birinchi vitse-prezidenti Muhammad Rizo Oref so‘zga chiqdilar.Bunday tadbirlar, savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish, o‘zaro hamkorlikning yangi qirralarini ochishga yordam berishi qayd etildi.

Ta’kidlanganidek, o‘zaro savdoda barqarorlik kuzatilmoqda. Xususan, tovar ayirboshlash hajmi 500 million dollarga yetdi, qo‘shma korxonalar soni 210 dan oshdi.

Mavjud zaxiralar chuqur tahlil qilinib, yangi o‘sish nuqtalari belgilandi, umuman olganda, 1 milliard dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlari shakllantirildi.

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘z nutqida qatnashchilar e’tiborini mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiliklarida biznes muhitini yaxshilash, xorijiy sarmoyadorlarga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samaralariga qaratib, quyidagilarga alohida to‘xtatilib o‘tdi.

Jumladan, o‘tgan davrda yalpi ichki mahsulot 2 barobar o‘sdi. Yaqinda Xalqaro valyuta jamg‘armasi mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti ilk bor 100 milliard dollardan oshganini tasdiqladi.

Kelgusi besh yilda ushbu ko‘rsatkichni 160 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilganmiz. 2025-yil birinchi chorak yakuni bo‘yicha mamlakatimiz iqtisodiy o‘sish sur’ati 6,8 foizni tashkil etdi.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda 70 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiya o‘zlashtirildi. Xalqaro moliya institutlarining 14 milliard dollardan ortiq mablag‘i ijtimoiy va infratuzilma sohalariga jalb qilindi.

2030-yilga borib "yashil" energiya manbalarining energetikadagi ulushini 50 foizdan oshirish ko‘zda tutilgan.O‘zbekiston mineral resurslar va noyob foydali qazilmalarning katta zaxiralariga boy mamlakat hisoblanadi.

Biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun muhim qarorlar qabul qilindi. Natijada ikki yuzdan ortiq litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi, soliqlarning umumiy soni 13 tadan 9 taga, ayrimlarining bahosi esa ikki barobar kamaytirildi.

Valyuta bozori liberallashtirildi va daromadlarni repatriatsiya qilish bo‘yicha barcha cheklovlar olib tashlandi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bahosi 15 foizdan 12 foizga tushirildi. Foyda solig‘i faoliyat turiga qarab 5 foizdan 15 foizgacha etib belgilandi.

Qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy sohalarda faoliyat yurituvchi korxonalar esa foyda solig‘i to‘lashdan butkul ozod etilgan.Mamlakatimizda yiliga 25 million tonna yuqori sifatli meva-sabzavot yetishtiriladi. Yiliga 2,5 milliard dollarlik meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilinmoqda.

Shuningdek, tadbirda mamlakatimiz dunyodagi ko‘plab davlatlar bilan imtiyozli savdo tizimiga ega ekani ma’lum qilinib, eronlik ishbilarmonlar Xorazm va Samarqand viloyatlaridagi sanoat zonalari imkoniyatlardan keng foydalanishga taklif etildi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston - Eron biznes forumida qatnashish uchun mamlakatimizdan 100 nafardan ziyod tadbirkorlar, vazirlik va idoralar vakillari o‘zlarining turli yo‘nalishdagi ilg‘or taklif va tashabbuslari bilan qatnashib, "B2B" shaklda muzokaralar olib bordi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Таджикистане стартовала республиканская акция «Гулгардони»
      01 марта 2026 в 13:55   Таджикистан
    Адилет Орозбеков провел оперативное совещание
      вчера в 17:40   Кыргызстан
    Алмасбек Абытов встретился с руководителем департамента Программного офиса ОБСЕ в Бишкеке
      сегодня в 17:40   Кыргызстан
    Эрлист Акунбеков представил доклад о развитии реального сектора в 2025 году в ходе республиканского совещания
      01 марта 2026 в 10:25   Кыргызстан
    В Бишкеке проходит открытый чемпионат города по художественной гимнастике
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    В Раштском районе проанализировали факторы угрозы коррупции, экстремизма и терроризма
      01 марта 2026 в 22:50   Таджикистан
    Навруз в Таджикистане наступит 20 марта
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    Футбольный клуб «ОшМУ» сыграл с командой «Кыргыз-Алтын» в ничью
      сегодня в 11:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошел городской этап Школьной лиги по волейболу
      вчера в 15:10   Кыргызстан
    Сборная Таджикистана по киберфутболу впервые примет участие на FIFAe Nations League
      28 февраля 2026 в 23:00   Таджикистан